Tushda xamir qorimoq ko'rsa nima bo'ladi

XAMIR QORMOQ (XAMIR KARDAN) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, undan xamir qormoq dinning durust bo‘lishini bildiradi. Tushda bug‘doy unidan xamir qorayotganini ko‘rsa, tijoratdan mol hosil bo‘lishini bildiradi. Oshgan xamir yaxshilikka dalolat qilmaydi. Tushda tariq unidan xamir qormoq arzimas foydani bildiradi.


Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushida xamir topsa yoki sotib olsa yoki kimdir unga bersa, agar bu xamir arpa unidan bo‘lsa, dindorligi va solihligiga dalildir, bordi-yu bo‘g‘doy unidan qilingan bo‘lsa, uning mikdoricha tijoratdan hosil bo‘ladigan molga, agar tariq unidan qilingan bo‘lsa, ozgina molni bildiradi.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi xamir uch narsaga dalildir: din borasida ziyodalikka; foydaga; halol molga.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda sigir va buqa ko'rsa nima bo'ladi

SIGIR VA BUQA (GOV) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushida molning ustida o‘tirganini va mol o‘ziniki ekanini ko‘rsa podshohdan amalga ega bo‘lishi va xususan, mol qora bo‘lsa, undan ko‘p foyda ko‘rishiga dalildir. Agar sariq buqani ko‘rsa, bemorlikka...

Tushda son ko'rsa nima bo'ladi

SON (ADAD) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar tushida diram, dinor yoki libos yoxud boshqa narsalardan bitta berganini ko‘rsa, yaxshilik ko‘rishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Kimki (bir) hasana (savobli ish) qilsa, unga o‘n barobar...

Tushda soch, soqol, jun ko'rsa nima bo'ladi

SOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir. Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik...

Tushda uzuk ko'rsa nima bo'ladi

UZUK (ANGUSHTARIY) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, naqshli chiroyli uzukni ko‘rsa, uzuk sohibidan unga xayriyat va yaxshilik yetishiga dalildir. Agar bir kishi unga uzuk berib, uzukka muhr qilishini so‘rasa, nimaiki unga loyiq bo‘lsa, o‘shani...

Tushda echki ko'rsa nima bo'ladi

ECHKI (BO‘Z) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda echki ulug‘ bir kishini bildiradi. Moda echki esa ayolni bildiradi. Agar notanish echkini o‘ldirganini ko‘rsa, ulug‘ bir kishining g‘alaba qazonishini anglatadi. Agar echkining po‘stini shilib...



Fikr qo'shish

Наверх