TOG‘ (KO‘H) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushida o‘zini baland tog‘ ustida ekanini va bu tog‘ o‘zining mulki ekanini ko‘rsa, bir ulug‘ kishi uni o‘z himoyasiga olishiga dalildir. Tushida tog‘ni o‘z joyidan qo‘porib yuborganini ko‘rsa, birulug‘ odamga qahr qilishiga dalildir. Tushida toqqa joylashib olganini ko‘rsa, bir ulug‘ odamdan izzat va ulug‘lik topishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, toqqa qiyinchilik bilan chiqib borayotganini ko‘rsa, g‘am va anduh tortishiga dalildir. Tushida tog‘dan pastga tushganini ko‘rsa, uning izzat va obro‘yiga nuqson yetishini bildiradi. Agar tog‘ cho‘qqisiga joylashib olganini ko‘rsa podshoxdan hurmat topishi va uning yaqiniga aylanishiga dalildir.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tog‘ ustida namoz o‘qiyotganini yoki azon aytayotganini tush ko‘rsa, ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida tog‘ ustiga yoki ko‘shk ustiga chiqqanini ko‘rsa, maqsadiga yetishni bildiradi. Agar pastga tushganini ko‘rsa, yuqoridagining aksidir. Agar tushida tog‘ etagiga yiqilib tushganini ko‘rsa, g‘amgin bo‘lishiga dalildir. Agar tog‘ etagida namoz o‘qiyotganini ko‘rsa, dinga mos keladigan ish qilishiga dalildir. Tushida tog‘da podshoh odamlari o‘zi bilan birga ekanini ko‘rsa, podshoxdan hurmat topishiga dalildir. Tushida tog‘ning silkinganini, so‘ng tinchib qolganini ko‘rsa, bir ulug‘ odamdan ranj ko‘rib, so‘ng shifo topishini bildiradi. Tushida tog‘ni kavlayotganini va uni kavlash o‘zi uchun oson kechayotganini ko‘rsa, tez orada hadya topishiga dalildir.
O'hshash ma'lumotlar
Tushda tuya, tuya bolasi ko'rsa nima bo'ladiTUYA (UShTUR) Ibn Sirin (r.a.) aytadi: Agar kishi o‘zini shitob bilan yurib ketayotgan notanish tuya ustida ko‘rsa, safarga borishiga dalildir. Agar tuya ustida o‘tirganini va yo‘lini yo‘qotib qo‘yganini ko‘rsa, o‘zi uchun kerakli yo‘lning qayerda...
Tushda shahar ko'rsa nima bo'ladiSHAHAR (SHAHAR) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida shaharga kirganini ko‘rsa, dini kuchli bo‘lishiga dalildir. Agar din yo‘lida bir ishi bo‘lsa, shu ishi tugallanadi va maqsadiga yetadi, Agar shahardan chiqqanini yoki birov uni shahardan...
Tushda echki ko'rsa nima bo'ladiECHKI (BO‘Z) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda echki ulug‘ bir kishini bildiradi. Moda echki esa ayolni bildiradi. Agar notanish echkini o‘ldirganini ko‘rsa, ulug‘ bir kishining g‘alaba qazonishini anglatadi. Agar echkining po‘stini shilib...
Tushda eshak ko'rsa nima bo'ladiESHAK (XAR) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushda eshakni ko‘rmoq baxt va ulug‘lik bo‘ladi. Eshakdagi yaxshilik va yomonlik tush ko‘ruvchiga qaytuvchidir. Agar tushida eshak o‘z mulki bo‘lganini yoki uyga kirib kelganini, eshakni ushlab, bog‘lab...
Tushda quyosh ko'rsa nima bo'ladiQUYOSh (OFTOB) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, quyosh tushda podshoh yoki ulug‘ xalifa bo‘ladi. Quyoshning osmondan olayotganini ko‘rsa, podshohlik va ulug‘lik topadi yoki podshohning do‘sti yoki yaqiniga aylanadi. Agar quyoshga aylanib qolganini...