Tushda tosh ko'rsa nima bo'ladi

TOSh (SANG) Kirmoniyning aytishicha, tushdagi tosh ikki narsani bildiradi: molnii va boshliqni. Tosh qanchalik muloyim va yumshoq bo‘lsa, foydasi shunchali ko‘proq bo‘ladi. U qanchalik qattiq bo‘lsa, buning aksi bo‘ladi. Agar oq toshni qo‘lga kiritsa yoki birov unga bersa, tabiati toza va ochiq yuzli mansab egasi bilan suhbat qurishiga va undan foydalar topishiga dalildir. Qora toshga egaligini ko‘rsa gina saqlovchi hamda badfe’l boshliq bilan suhbat qurishiga va undan foyda olishiga dalildir.

Agar qizil toshga egaligini ko‘rsa, buzuq va badfe’l boshliq bilan uchrashuvi va undan foyda olishiga dalildir. Agar toqqa chiqqanini, tog‘da ko‘plab toshlarni ko‘rganini, toshlardan ba’zilarini olganini, etagiga va ularning rangi qanday ekaniga qarayotganini tush ko‘rsa, buning ta’biri ham yuqoridagilar kabidir. Agar qora va oq toshi borligini ko‘rsa, munofiq bir odam bilan suhbatdosh bo‘lishi, tosh mikdoriga muvofiq undan foyda olishiga dalildir.


Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi toshlar ishlardagi qattiqlikdir. Agar suv ostidagi toshlarni yig‘ayotganini ko‘rsa, molni makru hiyla va qiyinchilik bilan yig‘ishiga dalildir.

Agar tog‘dagi toshni taroshlayotganini ko‘rsa, ko‘ngli qattiq bir odamdan makru hiyla orqali mol hosil qilishiga dalildir. Agar biyobon o‘rtasida tosh yig‘ayotganini ko‘rsa, safarda makru hiyla orqali mol yig‘ishiga dalildir. Agar birovga tosh otganini ko‘rsa, xohlamagan holda o‘z molidan birovga berishiga dalildir. Agar mayda toshlarni uyiga olib kelganini ko‘rsa, uning miqdoricha mol topishiga dalildir.

Jobir Mag‘ribiyning aytishicha, agar tushida birovga tosh otganini ko‘rsa, o‘sha kishiga zinoda yoki bir gunohda tuhmat qilishiga dalildir.
Hazrati Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi tosh to‘rt narsani bildiradi: molni; mansabni; ishlardagi qiyinchilikni; kasb va mashaqqatni.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda tog' ko'rsa nima bo'ladi

TOG‘ (KO‘H) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushida o‘zini baland tog‘ ustida ekanini va bu tog‘ o‘zining mulki ekanini ko‘rsa, bir ulug‘ kishi uni o‘z himoyasiga olishiga dalildir. Tushida tog‘ni o‘z joyidan qo‘porib yuborganini ko‘rsa, birulug‘...

Tushda xurmo, xurmo mevasi ko'rsa nima bo'ladi

XURMO Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi xurmo mol va boylik bo‘ladi. Tushida xurmo yeganini ko‘rsa va yeyuvchi ilm ahlidan bo‘lsa, ilmining ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar savdogar bo‘lsa, moli ziyoda bo‘lishiga dalildir....

Tushda echki ko'rsa nima bo'ladi

ECHKI (BO‘Z) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda echki ulug‘ bir kishini bildiradi. Moda echki esa ayolni bildiradi. Agar notanish echkini o‘ldirganini ko‘rsa, ulug‘ bir kishining g‘alaba qazonishini anglatadi. Agar echkining po‘stini shilib...

Tushda eshak ko'rsa nima bo'ladi

ESHAK (XAR) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushda eshakni ko‘rmoq baxt va ulug‘lik bo‘ladi. Eshakdagi yaxshilik va yomonlik tush ko‘ruvchiga qaytuvchidir. Agar tushida eshak o‘z mulki bo‘lganini yoki uyga kirib kelganini, eshakni ushlab, bog‘lab...

Tushda qon oldirmoq, qon bermoq, qon olmoq ko'rsa nima bo'ladi

QON OLDIRMOQ (RAG KUSHODAN) ~ Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushda qon oldirganini ko‘rsa, do‘stidan bir so‘z eshitishi yoki moli taroj bo‘lishiga dalildir. Tushida tomir ochtirganini va undan qon kelganini ko‘rsa, sultondan unga zahmat yetishini...



Fikrlar 1

Сардор
Тушда сизни одамлар Тошбу́рон килса нима булавки
27 октября 2023 11:09

Fikr qo'shish

Наверх