Tushda tanish yoki mashhur odam ko'rsa nima bo'ladi

TANISH YOKI MASHHUR ODAM (MARDI MA’RUF) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida tanish yoki mashhur bir odamni ko‘rsa, bedorlikda ham uni yoki unga o‘xshagan odamni ko‘radi.

Agar u notanish va yosh yigit bo‘lsa, uning dushmaniga dalildir.
Agar notanish qariyani ko‘rsa, bu uning baxti bo‘ladi, xayriyat va ulug‘liklar ko‘radi. Agar yosh kishi tushida soch-soqoli oqarib ketganini ko‘rsa, diyonati va dindagi barqarorligiga dalildir.

Agar tanish qariyani soch-soqoli qora holda ko‘rsa, ta’biri yuqoridagining aksi bo‘ladi.

Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida qari cholni ko‘rsa, uning dindagi ziyodaligi, diyonati, barqarorligi va yaxshiligini bildiradi. Agar tushida yosh yigitni ko‘rsa, bir ulug‘ odamdan zax,mat va yoqimsiz bir hol yuz berishiga dalildir. Tushida zaif bir kishini ko‘rsa, va u sovuq so‘zlarni aytsa, o‘sha toifadagi odam bilan xusumatga tushishi va uni yengishini bildiradi. Agar katta kishi go‘dagi bo‘lib qolganini ko‘rsa, birorta ishni nodonlik bilan qilishi, shu sababli odamlardan malomat eshitishiga dalildir.

Agar erkak kishi tushida xotinining erkakniki kabi olati borligini ko‘rsa, o‘g‘il tug‘ilishi va bu o‘g‘il o‘z oilasining ulug‘i bo‘lishiga dalildir. Erkak kishi o‘zida farj (ayollarning jinsiy a’zosi) borligini ko‘rsa, uning xorligi va ahvolining yomon bo‘lishiga dalildir.

Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda qari kishini ko‘rish davlat va baxt, yosh yigitni ko‘rish makru hiyla va yoqimsiz narsa bo‘ladi.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda o'lmoq ko'rsa nima bo'ladi

TUSHDA O‘LMOQ (MURDANDARXOB) Tushida o‘lib qolganini, odamlar yig‘layotganini yoki uni bog‘lab, kafanga olganlarini, tobutga solib, go‘rga ko‘yganlarini ko‘rsa, bularning barchasi dinda nosozlikning dalilidir. Agar uni go‘rda tiriltirib, tashqariga...

Tushda yuz (odam yuzi) ko'rsa nima bo'ladi

YUZ (RO‘Y) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, har kim tushida o‘z yuzini asliga qaraganda chiroyliroq holda ko‘rsa, uning sharafi va e’tibori ziyoda bo‘lishini bildiradi. Yuzini noxush va xunuk holda ko‘rsa, obro‘yi kam bo‘lishiga dalildir. Tushida yuzini...

Tushda o'likning tirilishi ko'rsa nima bo'ladi

O‘LIKNING TIRILISHI (MURDA ZINDA SHUDAN) Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘likning tirilganini ko‘rsa, ahvoli yaxshi bo‘lishini bildiradi, xususan, u ochiq yuzli bo‘lsa....

Tushda qon oldirmoq, qon bermoq, qon olmoq ko'rsa nima bo'ladi

QON OLDIRMOQ (RAG KUSHODAN) ~ Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushda qon oldirganini ko‘rsa, do‘stidan bir so‘z eshitishi yoki moli taroj bo‘lishiga dalildir. Tushida tomir ochtirganini va undan qon kelganini ko‘rsa, sultondan unga zahmat yetishini...

Tushda qo'l ko'rsa nima bo'ladi

QO‘L (DAST) Doniyol (a.s.) aytadilarki, o‘ng qo‘l aka-ukani, chap qo‘l opa-singilni bildiradi. Tushida o‘ng qo‘lini uzayib qolganini ko‘rsa, aka-ukasining yoki sherigining ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Tushida ikki qo‘lining qisqarib qolganini...



Fikr qo'shish

Наверх