Tushda kalit ko'rsa nima bo'ladi

KALIT (KALID) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi kalit ishlarni yurgizuvchi kishidir. Tushida qulfni kalit bilan ochganini va eshik tabaqasini ham ochganini ko‘rsa, to‘xtab qolgan ishlarining yurishib ketishiga va dushman ustidan g‘alaba qilishiga dalildir. Tushida qo‘lida ko‘pgina kalitlar borligini ko‘rsa, obro‘ va e’tibor topishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Osmonlar va Yerning ochqichlari Undadir. . . (Zumar surasi, 63-oyat).

Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi kalit xayrli ishlarning ochilishi va yomon ishlarning bekilishidir. Ba’zilarning fikricha, kalit uylanishni bildiradi. Tushida Jannat eshiklarining kalitlariga egaligini ko‘rsa, sulton yo‘lida bo‘lib, ishlarining oqibati yaxshi va soz bo‘lishiga dalildir.


Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushida temir kaliti borligini ko‘rsa, quvvat va sozlikka dalildir. Agar bronza yoki mis kaliti borligini ko‘rsa, so‘zi o‘tkir bo‘lishiga dalildir.

Agar tilla yoki kumush kaliti borligini ko‘rsa, so‘zlari ma’qul bo‘lishiga dalildir yana aytishlaricha, xazina topadi.

Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida kalitlarni qanchalik ko‘p ko‘rsa, moli shunchalik ko‘p bo‘lishini bildiradi. Yana aytishlaricha, tushdagi kalit Haq subhonahu va ta’olog‘a duo va istig‘for aytish hamda hojatlarini so‘rashni bildiradi. Tushida kalitni qulfga solib, eshikni ochganini ko‘rsa, hojatlari ravo bo‘lishini, to‘xtab qolgan ishlari yurishib ketishini bildiradi. Agar tushida bitta kalit bilan ikkita qulfni ochib, eshiklarni ham ochib yuborganini ko‘rsa, chiroyli ayolga uylanishini bildiradi.

Hofiz muabbirning aytishicha, tushida o‘z qo‘lini kalit ekanini ko‘rsa, namozxon bo‘lishiga dalildir. Agar kaliti qo‘lidan tushib ketganini ko‘rsa, namozga dangasa ekanini bildiradi.

Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi kalit sakkiz narsani bildiradi: ishlarning yurishuvini; g‘amdan qutilishini; bemorlikdan shifo topishini; murod topishini; din quvvatini; Haj qilishni; duolarning ijobatini; ilm o‘rganishni.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda kumush, kumush tanga ko'rsa nima bo'ladi

KUMUSH (NUQRA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, ko‘p odamlar tushida kumush ko‘radilar, o‘ngida ham kumush topadilar, ko‘pincha zahmatga tushadilar. Tushda kumush ko‘rish to‘g‘ri xabarga dalil bo‘ladi. Singan kumush yolg‘on xabarga dalildir. Agar...

Tushda libos, kiyim ko'rsa nima bo'ladi

LIBOS (JOMA) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi kiyim erkak kishining kasbu kori bo‘ladi. Agar o‘z kiyimini yaxshi holda ko‘rsa, kasbu kori yomon bo‘lishiga dalildir. Agar podshoh tushida o‘z kiyimining qora ekanini ko‘rsa, ahvolining yaxshi...

Tushda namoz ko'rsa nima bo'ladi

NAMOZ (NAMOZ) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida namoz o‘qiyotgani va yuzi sharq tomonga qaraganini ko‘rsa, Hajga borishiga dalildir. Agar Haj mavsumi bo‘lmasa, mayli tarsolar tomondan ekanini bildiradi. Agar g‘arb tomonga qarab namoz...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda son ko'rsa nima bo'ladi

SON (ADAD) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar tushida diram, dinor yoki libos yoxud boshqa narsalardan bitta berganini ko‘rsa, yaxshilik ko‘rishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Kimki (bir) hasana (savobli ish) qilsa, unga o‘n barobar...



Fikr qo'shish

Наверх