Noma'lum askarga maktub

Noma'lum askarga maktub

Mushtipar onangni, boshlari sarak,
Qalbini tig'laydi sog'inch tug'yoni,
Ko'p yil bo'ldi axir sendan yo'q darak,
Qachon uyga qaytasan o'zbek o'g'loni.

Sog'misan esonmi? Bormisan hali?
Yoki qolib ketdingmi Volga bo'yida,
Nogahon o'q tegib janglar mahali,
Qoldingmi yiqilib Kursk yoyida.

Eshitdim fashistga qarshi chiqibsan,
Bir paytlar Chingizga chiqqandek zamon,
Janglarda mardu mardon turibsan,
Nomsiz tepalikda o'n bir qahramon.

Frontda bormikan dardingni tinglar,
Yiqilsang qo'linga qo'lini tutib,
Yotganda izg'irin qahraton tunlar,
Janoning o'rniga shneling quchib.

Do'sting ham yaxshimi, sen bilan ketgan,
Yurgandir frontda yerlarni tepib,
Do'ppisin o'rniga pilotka kiygan,
Marshaldan g'ururli, chapani yigit!

Ismlaring kim edi Qodir? Pirimqul?
Berlin darvozasiga yozganmidingiz?
Qishloqqa qaytsangiz hanuz o'sha yo'l,
Yo'lni eslatsam balki kelarmidingiz.

Sog' omon chiqqanding ota uyidan,
Endi qayerlarda qolding sen inim,
Onang hanuz kutar soyning bo'yidan,
Qo'ylarni boqib, qaytar deb o'g'lim.

Qayerlarga ketding yurtingdan nari,
Qaytgin qo'llaringa ketmoningni ol,
Unutma yurtingni boylik Gavhari,
Otangdan qolgan dalalaring bor.

Ey o'zbek shu kunlar bormi boshingda,
Kecha-yu kunduzda paxtalar terib,
Minglab yetimlarni boqding uyingda,
O'zingni bolangni frontga berib.

Nomi o'chsin, o'sha la'nati urush,
Hanuz kechalari o'ylayman biroq,
Yetmayman o'yimga bo'laman xomush,
Kerakmidi senga shu qizil Bayroq.

Necha o'g'lon, necha pahlavon,
Ketdingiz bedarak na nom na nishon,
Atashar sizlarni nomalum askar,
Noma'lum? Demak yashaysiz hamon.

Bobo deymi, ota? Nima deb atay,
Axir yosh edinglar, bormaydi tilim,
Mayli hammangizni og'a deb atay,
Og'alar sizlarni rosa sog'indim.



O'hshash ma'lumotlar

Homiladorlik paytida qon ketishi

Homiladorlik paytida qon ketish siz taxmin qilganingizdan ko’ra tez-tez uchraydi. Uchinchi ayoldan biri homiladorlikning birinchi trimestrida qandaydir qon ketishini boshdan kechiradi. Bu bir nechta jigarrang dog’lardan yorqin qizil qon...

Homiladorlar uchun gimnastika

Homiladorlik avvalari ayol kishiga dam olish zarur boʻlgan, hayot esa oson kechadigan davr kabi qabul qilingan. Bu tushuncha bola uchun ehtimolli salbiy oqibatlar va ona organizmining ortiqcha zoʻriqishi boʻyicha havotirlarga asoslangan. Biroq, endi...

Dunyodagi eng mashhur vunderkinlar

Geeks maxsus odamlardir. Yoshligidan ular tengdoshlari bilan solishtirganda o'zlarining o'xshashligini ko'rsatadilar. Odatda bu rivojlangan intellektual rivojlanishdir. Bola 5 yoshga to'lmaganida, u allaqachon intellektual qobiliyatlarining yarmiga...

Yangi yil uchun archa bezash odati qanday paydo bo'lgan?

Yangi yil va Rojdestvoni uyda oqlangan daraxtsiz tasavvur qilish qiyin. Yangi yil bayramida uylarga archa qo‘yish, bezash odati qachon paydo bo‘lgan va bu an’ana qanday rivojlangan? Yangi yil uchun Rojdestvo daraxti bezash an'anasi qaerdan kelganini...

Yo'qotilgan boylik - Turon yo'lbarsi

O‘tgan asrning ikkinchi yarmida yo‘lbarslarni himoya qilish ishlari boshlangan edi. Afsuski, juda kech....



Fikr qo'shish

Наверх