Qo'ng'iroq jarangi xayr demoqda

Qo'ng'iroq jarangi xayr demoqda

Yurakda — bugun bir, ajib xayajon,
Yoshlik damlarim bugun, eslagim keldi.
Ko'ksimda iliqlik, koʻz yoshlar marjon,
Maktabim — do'stlarim, bir koʻrgim keldi.

Oxista yangraydi, soʻnggi qo'ng'iroq,
Yurakdan nenidur, yulib olgandek.
Ozod yurt ramzi bu, hilpirar bayroq,
Koʻnglimni — yoshligim, tark etayotgandek.

Bir chetda turibman, kuzatib sekin,
O'quvchilarga omad, tilar ustozim.
Parvozga shaylanar, bugun do'stlarim,
Oq yo'l tilar mo“tabar, mening ustozim.

Oʻquvchilar yuzlaridan, koʻz yoshlar oqdi,
Soʻnggi qo'ng'iroq ovozidan, yuraklar yondi.
lIk sevgim — ilk she'rim, maktabda qoldi,
Yoshlik damlari ham endi, hotira boʻldi.

Xayr endi maktabim, xayr doʻstlarim,
Bizni unutmang xech qachon, aziz ustozim.
Biz sizni eslaymiz, har yil shu onda,
Jonajon maktabim qo'ng'irog'i, chalinganida.

Qo'ng'iroq jarangi, xayr demoqda,
Do'stlar ham oxista, qoʻl silkishmoqda.
She'rim davom etmoqqa, qolmadi kuchim,
Omad va baxt tilayman o`quvchilarga.
Maktabning bag'ridan uchgan qushlarga!



O'hshash ma'lumotlar

So'nngi qo'ng'iroq jaranngi

Bugun maktab ostonasin hatlab so'nggi bor, O'n bir yillik bolalikka yasaysiz yakun. Endi xayot darsxonangiz bo'lar, maktabda, Chalinadi eng oxirgi qo'ng'iroq bu kun....

Homiladorlar uchun gimnastika

Homiladorlik avvalari ayol kishiga dam olish zarur boʻlgan, hayot esa oson kechadigan davr kabi qabul qilingan. Bu tushuncha bola uchun ehtimolli salbiy oqibatlar va ona organizmining ortiqcha zoʻriqishi boʻyicha havotirlarga asoslangan. Biroq, endi...

Vaqt nima

To'g'ri vaqt nima? Eynshteyn mutlaq vaqt yo'qligini ta'kidladi. Vaqt o'zi ta'sir qiladigan kuchlar tizimiga qarab nisbiydir. Bu rasman ma'lumot doirasi deb ataladi. Sizning tizimingizda o'tadigan vaqt sizning vaqtingiz deb ataladi....

Yangi yil uchun archa bezash odati qanday paydo bo'lgan?

Yangi yil va Rojdestvoni uyda oqlangan daraxtsiz tasavvur qilish qiyin. Yangi yil bayramida uylarga archa qo‘yish, bezash odati qachon paydo bo‘lgan va bu an’ana qanday rivojlangan? Yangi yil uchun Rojdestvo daraxti bezash an'anasi qaerdan kelganini...

Tushda bayroq ko'rsa nima bo'ladi

BAYROQ (ALAM) Tushdagi bayroq dono kishi, zohid imom yoki odamlar ergashadigan bir shaxsdir. Agar tushida qo‘lida bayroq borligini ko‘rsa, yuqorida aytilgan toifadan biri bilan tanishishi va undan rohat topishiga dalildir. Agar bayroq qo‘lidan...



Fikr qo'shish

Наверх