Akam

O‘tar yaxshi yomon kunlarim,
Bedorlikda uzun tunlarim.
Tashlab ketsa eng yaqinlarim,
Siz yonimda hamrohim akam.

Dunyoning hech tugamas ohi,
Tashvishlardan dod deysan gohi,

Mahzungina sirli nigohi,
Siz yonimda sirdoshim akam.

Yelka tutar yiqilgan chog‘im,
Mehr bilan gullaydi bog‘im.
Otamdayin suyangan tog‘im,
Siz yonimda hamrohim akam.

Jilmayadi yurak yonsa ham,
Quvonchiga ergashadi g‘am.
Qancha ta’zim qilsam hamki kam,
Siz sirdoshim  mehribon akam.



O'hshash ma'lumotlar

Dunyoning eng boy 20 kishisi – 2026. Forbes reytingi

Forbes USA dollar milliarderlarining 40-global reytingini e'lon qildi. Elon Musk yana bir bor dunyoning eng boy milliarderlari ro'yxatida birinchi o'rinni egalladi. Google asoschilari Larri Peyj (2-o'rin) va Sergey Brin (3-o'rin) ikkinchi va...

MUROSASIZ KЕLINLARDAN DOD!

Onam o‘lsa "dod!" demaganman, Erim ursa "dod!" demaganman, Bir savdodan kuydi jonu tan, Murosasiz kelinlardan dod!...

Dunyoning eng boy 20 kishisi - 2024. Forbes reytingi

AQShning Forbes jurnali dollarlik milliarderlarning 38-jahon reytingini e'lon qildi. Louis Vuitton Moët Hennessy kompaniyalar guruhi prezidenti va bosh direktori Bernard Arno ketma-ket ikkinchi yil dunyoning eng boy milliarderlari reytingida...

Stiv Jobs - Apple asoschisi haqida nimalarni bilishingiz kerak

Orzularimga erishish uchun kollejni tashlab ketdim. Stiv Jobsning tarjimai holi bir hodisaning hikoyasidir. U haqiqatan ham dunyoni o‘zgartirmoqchi bo‘lgan aqldan ozgan odam edi va tan olaylik, u buni qildi. Bugungi kunda Stiv Djobs nomi...

Tushda tog' ko'rsa nima bo'ladi

TOG‘ (KO‘H) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushida o‘zini baland tog‘ ustida ekanini va bu tog‘ o‘zining mulki ekanini ko‘rsa, bir ulug‘ kishi uni o‘z himoyasiga olishiga dalildir. Tushida tog‘ni o‘z joyidan qo‘porib yuborganini ko‘rsa, birulug‘...



Fikr qo'shish

Наверх