Tushda yashin, chaqmoq ko'rsa nima bo'ladi

YASHIN (SO’IQA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, so’iqa bulutdan chiqadigan olovdir. Agar tushida bulutdan yashin tushsa, o‘sha yer odamlariga yashin miqdoriga muvofiq Xudoyi ta’o-lodan azob yetishiga dalildir. Alloh, ta’olo aytadi: Chaqmoqlar yuborib, ular bilan O‘zi xohlagan kimsalarni ular Alloh xususida talashib-tortishib turgan hollarida, urar. . . (Ra’d surasi, 13-oyat).


Demak, o‘sha diyor odamlariga azob da’f bo‘lishi uchun tavba qilmoq kerak.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida osmondan olov yomg‘irga o‘xshab yog‘ayotganini ko‘rsa, podshoh tomonidan amalga oshiriladigan balo, fitna va qon to‘kilishiga dalildir. Agar tushida yashin tushganini va kuydirganini ko‘rsa, podshoh uqubatidan halok bo‘lishiga dalildir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda фатх сураси ko'rsa nima bo'ladi

FATH SURASI Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda Fath surasini o‘qiyotganini ko‘rsa, barcha ishda fathu nusrat topishiga dalildir....



Fikr qo'shish

Наверх