Har qanday lashkarning ham
O’z tug‘i, yalovi bor,
Sen qaysi saltanatdan,
Sen qaysi davlatdan kam.
Qo‘rg‘onlar qatorida
Bir qo‘rg‘onsan ustuvor,
Vallamat, tug‘dor yurtim,
Muhtasham Respublikam.
12/11/2026 14:23
Savlat to‘kkan tog‘ing bo‘lmas,
Yashnab turgan bog‘ing bo‘lmas,
Bu dunyodan ko‘ngling to‘lmas,
Ota-onang o‘tkandan so‘ng..
12/11/2026 09:41
Ko‘ngil tuprog‘imni armon shudgorlab,
Ko‘ksimni to‘ldirib undirsin tikan!
Dunyoni cho‘ktirib boryapman yig‘lab,
Onam bilan tushgan rasmim yo‘q ekan!
12/11/2026 09:38
Atrofdagilar siz haqingizda nima deb o‘ylashlari haqida bosh qotirmang;
12/11/2026 09:35
Hech qachon biror kishi bilan o‘tirgan holda qo‘l berib so‘rashmang.
12/11/2026 09:33
Hovlingizga tushdi yangi kelinchak,
Ohu kabi hurkak, nozik, navnihol.
Shu nozik vujudning sharofatidan
Uyingizga fayz ham kiradi darxol.
12/11/2026 09:00
Hovlingizga tushdi yangi kelinchak,
Ohu kabi hurkak, nozik, navnihol.
Shu nozik vujudning sharofatidan
Uyingizga fayz ham kiradi darxol.
08/10/2026 09:24
Azobdan cheksak-da aziyat,
Ba’zida ko‘zdan yosh oqmaydi.
Shukurda ko‘p erur xosiyat,
Noligan Xudoga yoqmaydi.
08/10/2026 09:21
Qaytgim keldi, onam, yoningga
Yuragimda ismsiz dardlar.
Sovuq xonam, soat chiq-chiqi,
Tashqarida xazonrez bog‘lar,
24/09/2026 09:25
Chaylamiz bor edi,
Dalada edik,
Jayralar o'ch bo'lar qovun-tarvuzga.
Har holda, cho'chitib turadi dedik ,
Qo'riqchi o'rnatdik bir kun polizga.
24/09/2026 09:16
Ishchi tongda turib olib
Qurilishga boradi.
G‘isht teradi, tosh yo‘nadi,
Shag‘alini qoradi.
24/09/2026 09:15
Yetaklashib qator va qator,
Yo'ldan o'tdi yetmish besh bahor.
U bahorlar meniki edi,
Bolam, bari seniki endi.
24/09/2026 09:11
Bearmon suzdim men ummon bag‘rida,
Zerikkan chog‘imda nabiralar do‘st.
Olis Amriqoning chet bir shahrida,
Xayr-xo‘sh qilaman sen bilan, Avgust.
24/09/2026 09:10
Ohorli do‘ppingni kiyib ol, o‘g‘lim,
Darvoza oldini supur, kelinjon.
Tortmamda turibdi nafaqa pulim,
Oling bolalarga sovg‘a bir jahon.
24/09/2026 09:09
Bir xabar tarqaldi, tun yarim edi.
Go'yo g'am seliga botdim, yo'qoldim.
Kimdir yo'lboshchidan ayrildik dedi.
Men-chi aziz do'stdan ayrilib qoldim.
24/09/2026 09:03