Har qanday lashkarning ham
O’z tug‘i, yalovi bor,
Sen qaysi saltanatdan,
Sen qaysi davlatdan kam.
Qo‘rg‘onlar qatorida
Bir qo‘rg‘onsan ustuvor,
Vallamat, tug‘dor yurtim,
Muhtasham Respublikam.
O’ylayman, ha, olamda
Nisbiy erur ko‘p holat,
Zamona g‘alviridan
Har narsa o‘taverar.
Tarix uchun va lekin
Kim ham bergay kafolat,
Yakka inson bir yo‘lchi:
Kelaru ketaberar.
Qadim-qadim zamonda
Yunonlik haykaltarosh,
Bir san’at yaratibdi,
Maqsadi - bir burda non.
O'hshash ma'lumotlar
Abdulla Oripov hayoti va ijodiO‘zbek she’riyatining eng yorqin namoyondalaridan biri, O‘zbekiston davlat madhiyasi muallifi Abdulla Oripovning hayoti va ijodi haqida maqolamizda batafsil tanishing....