Ota - Onang o'tgandan so'ng

Savlat to‘kkan tog‘ing bo‘lmas,
Yashnab turgan bog‘ing bo‘lmas,
Bu dunyodan ko‘ngling to‘lmas,
Ota-onang o‘tkandan so‘ng..

Ko‘zing bejo, do‘st izlaysan,
Do‘st qidirib ho‘p muzlaysan,
Topolmay ho‘ng-ho‘ng yig‘laysan.,

Ota-onang o‘tkandan so‘ng..

Ko‘kka boqsang ko‘k yig‘laydi,
Yulduzlar po‘k-po‘k yig‘laydi,
Oy yig‘laydi, soy yig‘laydi.,
Ota-onang o‘tkandan so‘ng.

Saratonda soyang qani,?
Tog‘ingdagi qoyang qani,? 
Faqat armon qiynar sani.,
Ota-onang o‘tkandan so‘ng..

Suratlarda qolib ketar,
Bor dardini olib ketar,
O‘tkandan so‘ng bo‘zlab qolma.,
Tirik bo‘lsa boshda ko‘tar..

Savlat to‘kkan tog‘ing bo‘lmas,
Yashnab turgan bog‘ing bo‘lmas,
Bu dunyodan ko‘ngling to‘lmas,
Ota-onang o‘tkandan so‘ng..



O'hshash ma'lumotlar

Yulduzlar haqida 58 ta fakt

Yulduzlar koinotdagi eng hayratlanarli va sirli hodisalardan biridir. Ular bizning osmonimizda milliard yillar davomida porlab, bizga yorug‘lik va iliqlik baxsh etadi. Olimlar yulduzlarning tuzilishi, ularning hayot aylanishi va oqibatlari haqida...

Emlash – turlari, o‘tqazilish tartibi, emlash kalendari va qarshi ko‘rsatmalar

Vaksinatsiya (emlash) – bu sun’iy immunitet hosil qilish bo‘lib, organizmga patogen mikroorganizmlarning antigenini yuborib, kasallik chaqiruvchi infeksiyalardan himoyalanish usulidir. Organizmga mikroorganizm antigenini yuborgandan keyin unga...

Tushda bo'zlab yig'lamoq, ho'ngrab yig'lamoq ko'rsa nima bo'ladi

BO‘ZLAB, HO‘NGRAB YIG‘LAMOQ (NAVHA KARDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida bo‘zlab yig‘laganini ko‘rsa, o‘sha yig‘lagan mavze unga muborak bo‘lmaydi va ulug‘ odamlar u yerdan tarqalib ketadi. Tushida shahar hokimining o‘lganini va...

Tushda soy, anhor ko'rsa nima bo'ladi

SOY, ANHOR (RUD) — Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi katta soy ulug‘ kishi bo‘ladi. Tushida o‘zini suvi toza katta soyda ko‘rsa, ulug‘ va diyonatli bir kishi bilan birga bo‘lishiga va undan xayru manfaat ko‘rishiga dalildir. Tushida soydan...

Tushda tog' ko'rsa nima bo'ladi

TOG‘ (KO‘H) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushida o‘zini baland tog‘ ustida ekanini va bu tog‘ o‘zining mulki ekanini ko‘rsa, bir ulug‘ kishi uni o‘z himoyasiga olishiga dalildir. Tushida tog‘ni o‘z joyidan qo‘porib yuborganini ko‘rsa, birulug‘...



Fikr qo'shish

Наверх