AVGUST

Bearmon suzdim men ummon bag‘rida,
Zerikkan chog‘imda nabiralar do‘st.
Olis Amriqoning chet bir shahrida,
Xayr-xo‘sh qilaman sen bilan, Avgust.

Mevalar g‘arq pishgan yurtimda hozir,
Kunduz jazirama, salqindir tunlar.
Ishkomlar hosilin ko‘targay bazo‘r,
Tugab ketgandir ham gurvak  qovunlar.


Men bugun musofir, sargashta sayyoh,
Balki qumloqlarga singmish so‘zlarim.
Sen ham sog‘indingmi, ey ona dargoh,
Meni kutgaysizmi, xumor ko‘zlarim.

Vatandan yiroqda kechdi ko‘p damlar,
Baytlarim o‘xshadi ko‘priklarimga.
Do‘rmon bog‘larida toza shabnamlar,
Qo‘nib turgan kabi  kipriklarimga.

Mana, oqshom  tushdi  ummonga asta,
Olis samolarda yulduzlar bodroq.
Shundoq jo‘sh uradi Jayhun ham pastda,
Sahro qo‘yniga ham tun cho‘kar shundoq.

Rahmat,  qo‘ymading sen meni toldirib,
Avgust, hali senga she’rlar biturman.
Qalbimning bir qismin bunda qoldirib,
Yurtga sihatimni olib keturman.



O'hshash ma'lumotlar

Usmon Nosir hayoti va ijodi

O‘zbek adabiyotining yorqin va zabardast shoirlaridan biri, shubhasiz, Usmon Nosirdir. Usmon Nosir - o‘zbek Lermontovi, o‘zbek adabiyotining chaqmoq shoiri. Shoir atigi 32-yil umr ko‘rgan bo‘lsada, o‘zbek she’riyatiga ulkan meros qoldirishga ulgurdi....

Abdulla Oripov hayoti va ijodi

O‘zbek she’riyatining eng yorqin namoyondalaridan biri, O‘zbekiston davlat madhiyasi muallifi Abdulla Oripovning hayoti va ijodi haqida maqolamizda batafsil tanishing....

Yulduzlar haqida 58 ta fakt

Yulduzlar koinotdagi eng hayratlanarli va sirli hodisalardan biridir. Ular bizning osmonimizda milliard yillar davomida porlab, bizga yorug‘lik va iliqlik baxsh etadi. Olimlar yulduzlarning tuzilishi, ularning hayot aylanishi va oqibatlari haqida...

Alisher Navoiy haqida nimalarni bilishingiz kerak

Alisher Navoiy (1441-1501) - buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi. Toʻliq ismi Nizomiddin Mir Alisher. U chagʻatoy (eski oʻzbek tili)dagi asarlarda ham, fors tilida ham (forscha asarlarda) Navoiy taxallusi bilan sheʼr yozgan. U G‘arbda Chag‘atoy...

Zahiriddin Muhammad Bobur haqida nimalarni bilishingiz kerak

Zahiriddin Muhammad Bobur — buyuk oʻzbek shoiri, mutafakkiri, tarixchi va davlat arbobi; Boburiylar sulolasi va imperiyasining asoschisi. Boburning ilmiy asarlari ichida aruzning sharqiy metrikalari nazariyasini tadqiq qiluvchi «Aruz haqida risola»...



Fikr qo'shish

Наверх