Bir yigit keksa chol kampirning uyiga mehmon bo‘ldi

Bir yigit keksa chol kampirning uyiga mehmon bo‘ldi

Bir yigit keksa chol kampirning uyiga mehmon bo‘ldi. Yetmish besh yoshli otaxon kampiridan bir piyola suv so‘rab:
— Gulim, bir piyola suv olib kelasanmi? - debdi. Birozdan keyin “Azizam, choy quyib ber”, “Go‘zalim, seni urintirayotganimdan xijolatdaman, iltimos, choyimga novvot solib bersang” deb murojaat qilardi. Mehmon keksa otaxon kampiriga murojaat qilganida foydalangan mehr to‘la erkalovchi so‘zlardan ta’sirlanib, cholni savolga tutdi:
— Amakijon, oila qurganingizga necha yil bo‘ldi?
— Ellik yilga yaqinlashib qoldi, o‘g‘lim, - deya kulimsiradi otaxon.
— O‘zaro mehr-muhabbatingiz, munosabatlaringizdan ko‘nglim huzurlandi,- dedi yigit.  Momomga “Gulim, azizam, go‘zalim” deb murojaat qilar ekansiz... 
Keksa ayolning yonoqlari pushtirang tus oldi:
— Ha, amakingiz bir necha yildan beri shunday so‘zlar bilan murojaat qiladilar...- Onaxon shunday deb oshxonaga chiqar ekan, otaxon mehmonga shivirladi:
— O‘zi eshitib qolmasin o‘g‘lim, ikki yil bo‘ldi ismini unutib qo‘yganman, haliyam eslolmayapman.



O'hshash ma'lumotlar

Ikkinchi jahon urushi haqida qiziqarli faktlar

Ikkinchi jahon urushi 1939 yil 1 sentyabrdan 1945 yilning 2 sentyabriga qadar davom etgan bo’lib, insoniyat tarixidagi eng yirik qurolli urush hisoblanadi. Bu urushda o’sha davrda mavjud bo’lgan 73 ta davlatlardan 62 tasi ishtirok etgan – bu...

Dyufaston – qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma (Mutaxassislar uchun)

Dyufaston tarkibi1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 10 mg didrogesteron; yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, gipromelloza, makkajoʻxori kraxmali, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati. qobigʻi: oq Opadri OY-1-7000...

Ayrim yosh kelin-kuyovlarning qovusha olmaslik sabablari

Uchinchi ming yillikning dastlabki asri — axborot asri sifatida e’tirof etilayotir. Darhaqiqat, jahon afkor ommasi tobora axborotlar girdobiga tushib qolmoqda. Ko‘plab shov-shuvlar, ilmiy manbalar bilan qorishib ketib, fisqu fujur tarzidagi...

Hazilga o'xshash 9 ta haqiqiy tarixiy fakt

1. Oʻrta asrlarda er va xotin oʻrtasidagi baʼzi nizolar duel orqali hal qilingan Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer tomonidan tuzilgan Er va xotin, shaytondan biri. Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer...

Yangi yil uchun archa bezash odati qanday paydo bo'lgan?

Yangi yil va Rojdestvoni uyda oqlangan daraxtsiz tasavvur qilish qiyin. Yangi yil bayramida uylarga archa qo‘yish, bezash odati qachon paydo bo‘lgan va bu an’ana qanday rivojlangan? Yangi yil uchun Rojdestvo daraxti bezash an'anasi qaerdan kelganini...



Fikr qo'shish

Наверх