Uchta pashsha gaplashib o‘tirib zerikibdi

Uchta pashsha gaplashib o‘tirib zerikibdi

Uchta pashsha gaplashib o‘tirib zerikibdi. Uchchalamiz uch tomonga ketamiz va bir yildan so‘ng shu yerda ko‘rishamiz deb uchishibdi. Oradan bir yil o‘tibdi, pashshalar kelishilgan joyda yig‘ilishibdi:
Biri semirgan, ikkinchisi o‘z holatida, uchinchisi ozib ketgan ekan. Semirgan pashshadan so‘rashibdi:
— Sen qayerda bo‘lding?
— Men boy xonadonga borib ovqatni ichiga tushsam, bir kosa ovqatni surib qo‘yishardi. Mazza qilib yeb yotardim.
Ikkinchisidan so‘rashibdi:
— Senchi?
— Men shunday ovqatga uchib tushardim, bir qoshiqda olib qo‘yishardi, shuni yeb yotardim.
Uchinchisidan so‘rashibdi:
— Senchi? Nega ozib ketding?
— Men studentlarning yotoqxonasi oldiga borib qoldim, shunday ovqatiga tushsam, qanotimdan ushlab, bir shimib otib yuborishardi.



O'hshash ma'lumotlar

Jinsiy aloqa davomiyligi qancha bo‘lishi kerak? Me’yor bormi?

Kasbim sababli qachonki to‘y-hasham va tadbirlarda o‘tirib qolsam, aksari hammasi doktor qabuliga aylanib ketadi. Bir kuni bir katta yig‘ilishda o‘tirgandik. Hamma kamida 10-15 yil oilaviy hayot kechirgan, bir nechadan farzandi bor odamlar edi. Bir...

Hazilga o'xshash 9 ta haqiqiy tarixiy fakt

1. Oʻrta asrlarda er va xotin oʻrtasidagi baʼzi nizolar duel orqali hal qilingan Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer tomonidan tuzilgan Er va xotin, shaytondan biri. Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer...

Yangi yil uchun archa bezash odati qanday paydo bo'lgan?

Yangi yil va Rojdestvoni uyda oqlangan daraxtsiz tasavvur qilish qiyin. Yangi yil bayramida uylarga archa qo‘yish, bezash odati qachon paydo bo‘lgan va bu an’ana qanday rivojlangan? Yangi yil uchun Rojdestvo daraxti bezash an'anasi qaerdan kelganini...

Tushda kosa ko'rsa nima bo'ladi

KOSA (KOSA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi yog‘och kosa, agar ichida yemish bo‘lsa va undan yeganini ko‘rsa, uning miqdoricha safardan halol rizq topishiga dalildir. Tushdagi sopol kosa rizq bo‘ladi, bo‘sh kosa hayronlik va bechoralikdir....

Tushda pashsha ko'rsa nima bo'ladi

PASHSHA — Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi pashsha zaif, xor, nokas kishidir, ozgina ish qiladi, u ham bo‘lsa arzimasdir. Agar pashsha bilan olishayotganini ko‘rsa, bir zaif odam bilan janjallashishini bildiradi. Agar tomog‘iga pashsha...



Fikr qo'shish

Наверх