Bir o‘tinchi dengiz bo‘yida o‘tin kesayotgan ekan, qo‘lidagi boltasi suvga tushib ketibdi

Bir o‘tinchi dengiz bo‘yida o‘tin kesayotgan ekan, qo‘lidagi boltasi suvga tushib ketibdi

Bir o‘tinchi dengiz bo‘yida o‘tin kesayotgan ekan, qo‘lidagi boltasi suvga tushib ketibdi. Shunda suvdan Suvparisi chiqib: 
— Nega xomushsan, - desa,
O‘tinchi unga qarab:
— Boltam suvga tushib ketdi, - debdi. 
Suvparisi suvga sho‘ng‘ib oltin bolta olib chiqsa, o‘tinchi: 
— Bu mani boltam emas debdi.
Keyin kumush bolta olib chiqibdi. 
— Bu ham mani boltam emas. 
Suvparisi o‘tinchiga o‘zini boltasini olib chiqib berib: 
— Halol yigit ekansan deb 3 ta boltani berib yuvoribdi. O‘tinchi xotiniga bo‘lgan voqeani aytib beribti. Keyin er-xotin o‘sha suvni yoniga borishibdi. Xotini o‘zini suvga otibdi, keyin yana Suvparisi chiqib: 
— Nega xomushsan desa, 
— Xotinim suvga tushib ketdi debdi.
Keyin Suvparisi Monnalizani olib chiqibti. O‘tinchi o‘ylanib turib: 
— Mana shu mani xotinim, - debdi. 
Suvparisi o‘tinchiga qarab:
— Nega yolg‘on gapiryapsan desa, o‘tinchi; 
— Hozir bu mani xotinim emas desam, Selena Gomezni olib chiqasan. Bu ham xotinim emas desam, o‘zimni xotinimni olib chiqasan. Shu mani xotinim desam, halol ekansan deb uchalasini berasan. Keyin man 3 ta xotinni qanday boqaman, - dermish....



O'hshash ma'lumotlar

Bir o‘tinchi dengiz bo‘yida o‘tin kesayotgan ekan, qo‘lidagi boltasi suvga tushib ketibdi

Shunda suvdan Suvparisi chiqib...

Ikkinchi jahon urushi haqida qiziqarli faktlar

Ikkinchi jahon urushi 1939 yil 1 sentyabrdan 1945 yilning 2 sentyabriga qadar davom etgan bo’lib, insoniyat tarixidagi eng yirik qurolli urush hisoblanadi. Bu urushda o’sha davrda mavjud bo’lgan 73 ta davlatlardan 62 tasi ishtirok etgan – bu...

Jinsiy yaqinlikda mas’uliyat faqat erkakdami?

Oila erkak va ayolning o‘zaro hurmati, ishonchi va hamjihatligi asosida qurilishi rost. Muhabbat, tuyg‘ular ham bo‘lishi kerak, albatta. Yana jinsiy hayot sifati ham muhim. Labingizni burib, qovog‘ingizni uchirishdan avval to‘xtang! Axir siz emasmi,...

Ayrim yosh kelin-kuyovlarning qovusha olmaslik sabablari

Uchinchi ming yillikning dastlabki asri — axborot asri sifatida e’tirof etilayotir. Darhaqiqat, jahon afkor ommasi tobora axborotlar girdobiga tushib qolmoqda. Ko‘plab shov-shuvlar, ilmiy manbalar bilan qorishib ketib, fisqu fujur tarzidagi...

Hazilga o'xshash 9 ta haqiqiy tarixiy fakt

1. Oʻrta asrlarda er va xotin oʻrtasidagi baʼzi nizolar duel orqali hal qilingan Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer tomonidan tuzilgan Er va xotin, shaytondan biri. Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer...



Fikr qo'shish

Наверх