QAMOQ (ZINDON) Ibn Sirinning aytishicha, kimki o‘zini qamokda ekanini va bu qamoqxonani aslo ko‘rmagan bo‘lsa, halok bo‘lishiga dalildir. Chunki, notanish qamoqxona go‘rni bildiradi. Agar tanish qamoqni ko‘rsa, anduh va zararni bildiradi.
Kirmoniyning aytishicha, tush sohibi yaxshi odam bo‘lsa va o‘zini tanish qamoqxonada ko‘rsa, ulug‘lik va e’tibor topishiga dalildir. Agar yaxshi odam bo‘lmasa, dunyo mashg‘ulotlari jihatidan unga g‘am va qayg‘u yetishiga dalildir. Agar qamoqxona boshlig‘i bilan qo‘llari band holda ketayotganini ko‘rsa to‘xtab qolgan ishlarining yurishib ketishiga dalildir.
O'hshash ma'lumotlar
Tushda фатх сураси ko'rsa nima bo'ladiFATH SURASI Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda Fath surasini o‘qiyotganini ko‘rsa, barcha ishda fathu nusrat topishiga dalildir....