Tushda xat ko'rsa nima bo'ladi

XAT, MAKTUB (NOMA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida boshi bekitilgan xatni ko‘rsa, yashirin narsa haqida eshitishiga dalildir. Agar xat bekitilmagan, ochiq bo‘lsa, biror narsaning fosh bo‘lishiga dalildir. Agar xat muhrlangan bo‘lsa, unga yetadigan narsa yaxshi ekaniga dalildir.

Kirmoniy (r.a )ning aytishicha, tushida kimdir unga xat berganini va u xatni o‘qiganini ko‘rsa, birovdan unga yaxshilik yetishiga dalildir. Agar xatning boshlanishi (unvoni) bo‘lmasa, g‘amu anduhga dalil bo‘ladi. Agar boshlanishi bo‘lsa, muhr urilgan bo‘lsa, biroq xatni hech kim ochmasa, tashqaridan yaxshi ko‘rinadigan, ammo ichkaridan g‘amu anduhga sabab bo‘ladigan bir ishga mashg‘ul bo‘lishiga dalildir. Agar xatning muhrini ochgani va uni o‘qiganini ko‘rsa, izzati va obro‘yi ziyoda bo‘lishiga dalildir.


Agar xatni o‘quvchi haqiqatan o‘qishni biladigan kishi bo‘lsa, izzat va obro‘yi yanada ziyoda bo‘lishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, ajali yaqinlashgan bo‘lishi mumkin.

Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida podshoh xotini unga berganlarini, xatni ochmagani va o‘qimaganipi ko‘rsa, g‘amu anduhga dalildir. Ochsa, o‘qisa va unda bashoratli xabar bo‘lsa, shodlik, xurramlik va foydaga dalildir. Bordi-yu unda sovuq va yoqimsiz so‘zlar yozilgan bo‘lsa, noxush, achchiq va halokatli hayotga dalildir. Tushida muhrlangan xat topib, uni podshohga berganini ko‘rsa, xayru manfaatga dalildir.

Ismoil Ash’as (r.a.)ning aytishicha, tushida qo‘liga osmondan xat kelib tushganini ko‘rsa, yaxshilik va umidvorlikka, ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Agar unda yoqimsiz so‘zlar yozilgan bo‘lsa, ishlari izdan chiqishiga dalildir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda sahifa, maktub, qog'oz, parda, sahifalar ko'rsa nima bo'ladi

SAHIFA (SAHIFA) Sahifa so‘zi uch ma’noga ega: maktub; qog‘oz; parda. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tutpida sahifaga biror narsa yozayotganini ko‘rsa, meros topishiga dalildir. Agar birovning qog‘oziga o‘zi uchun biror narsa yozayotganini ko‘rsa,...

Tushda soch, soqol, jun ko'rsa nima bo'ladi

SOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir. Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik...

Tushda o'lmoq ko'rsa nima bo'ladi

TUSHDA O‘LMOQ (MURDANDARXOB) Tushida o‘lib qolganini, odamlar yig‘layotganini yoki uni bog‘lab, kafanga olganlarini, tobutga solib, go‘rga ko‘yganlarini ko‘rsa, bularning barchasi dinda nosozlikning dalilidir. Agar uni go‘rda tiriltirib, tashqariga...

Tushda uzuk ko'rsa nima bo'ladi

UZUK (ANGUSHTARIY) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, naqshli chiroyli uzukni ko‘rsa, uzuk sohibidan unga xayriyat va yaxshilik yetishiga dalildir. Agar bir kishi unga uzuk berib, uzukka muhr qilishini so‘rasa, nimaiki unga loyiq bo‘lsa, o‘shani...

Tushda o'likning narsa berishi, o'likdan narsa olish ko'rsa nima bo'ladi

O‘LIKNING NARSA BERISHI (MURDA CHIZI DODAN) — Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushida o‘lik unga dunyo matosidan biror narsa berganini ko‘rsa, umid qilmagan yerdan biror narsaga ega bo‘lishiga dalildir. Agar o‘lik yeyiladigan yoki ichiladigan...



Fikr qo'shish

Наверх