TUSHDA O‘LMOQ (MURDANDARXOB) Tushida o‘lib qolganini, odamlar yig‘layotganini yoki uni bog‘lab, kafanga olganlarini, tobutga solib, go‘rga ko‘yganlarini ko‘rsa, bularning barchasi dinda nosozlikning dalilidir. Agar uni go‘rda tiriltirib, tashqariga chiqarayotgan bo‘lsalar, ta’biri boshqacha bo‘ladi.
Tushida uni dafn qilganlarini, go‘riga tuproq bosganlarini, odamlar orqaga qaytganlarini ko‘rsa, dini hech qachon tuzalmasligiga dalildir. Ba’zilarning aytishicha, tushida o‘lsa, tezda janoza o‘qib, tobutga solganlarini, tobuti orqasidan ko‘plab odamlarning ketayotganini ko‘rsa, sharaf va ulug‘lik topishiga, boshliq bo‘lishiga, biroq odamlarga zulm qilishiga dalildir. Agar tushida o‘lganini, yana qaytib tirilganini ko‘rsa, qilgan gunohiga tavba qilishini bildiradi. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, umri uzoq bo‘ladi. Tushida birov, sen hechqachon o‘lmaysan, deganini ko‘rsa, g‘azoda shahid bo‘lishiga dalildir. Tushida o‘lganini, bir odam unga qarayotganini, tobuti orqasida hech kim yo‘qligini ko‘rsa, xarob bo‘lgan uyi hechqachon obod bo‘lmasligiga dalildir. Tushida o‘zini o‘liklar orasida ko‘rsa va o‘zini o‘lgan deb tasavvur qilsa, johil odamlar bilan safar qilishini bildiradi.
O'hshash ma'lumotlar
Tushda podshoh ko'rsa nima bo'ladiPODSHOH. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, o‘n ikki narsa bordirki, bu o‘n ikki narsani tushida ko‘rsa, podshohlikka dalil bo‘ladi: payg‘ambar alayhissalom uni imom qilganini; ikkinchi — shar’iat ilmlarini o‘rganayotganini; uchinchi — payg‘ambar...
Tushda soch, soqol, jun ko'rsa nima bo'ladiSOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir. Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik...
Tushda tobut ko'rsa nima bo'ladiTOBUT Agar tushida bir kishini tobutga solib, olib ketsalar, o‘sha kishi tobut ketidan borayotgan kishilarga boshliq bo‘lishiga dalildir, biroq ularga zulm qiladi. Agar bir kishi o‘zining o‘lganini, tobutga solinganini, va olib ketayotganlarini,...
Tushda o'lik orqasidan yurmoq ko'rsa nima bo'ladiO‘LIK ORQASIDAN YURMOQ (AZ PASI MURDA SHUDAN) — Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘lik orqasidan yurganini ko‘rsa, agar o‘lik solih va porso bo‘lsa, uning yo‘lini tanlashi, agar fosiq bo‘lsa, uning yo‘li va fe’liga ega bo‘lishiga dalildir....
Tushda o'likning tirilishi ko'rsa nima bo'ladiO‘LIKNING TIRILISHI (MURDA ZINDA SHUDAN) Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘likning tirilganini ko‘rsa, ahvoli yaxshi bo‘lishini bildiradi, xususan, u ochiq yuzli bo‘lsa....