O‘LIK ORQASIDAN YURMOQ (AZ PASI MURDA SHUDAN) —
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘lik orqasidan yurganini ko‘rsa, agar o‘lik solih va porso bo‘lsa, uning yo‘lini tanlashi, agar fosiq bo‘lsa, uning yo‘li va fe’liga ega bo‘lishiga dalildir.
Tushida o‘likning yaxshi yoki yomonligini bilmay, uning ortidan tushsa, bemor bo‘lishi va oqibat shifo topishiga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘lik unga baland ovoz bilan javob berganini, biroq murdani ko‘rmaganini tush ko‘rsa, dunyodan tezda ketishiga dalildir. Tushida o‘likning orqasidan yurib, noma’lum bir uyga kirganini ko‘rsa, o‘lishiga dalildir.
Agar murdaga qarab, falon vaqtda kelgin, desa va murda, kelaman desa, o‘sha vaqtda vafot qilishini bildiradi, agar murda solih va rostgo‘y bo‘lsa, bu hol yuz beradi. Agar murda uni o‘z tomoniga chaqirsa va uni qaytarib bo‘lmasa, o‘lishiga dalildir. Agar o‘lik uni o‘z uyiga chaqirsa va u bormasa, bemor bo‘lishiga va shifo topishiga dalildir. Tushida o‘lik uni bozorga olib borganini ko‘rsa, uning kasbi va maishati yaxshi bo‘lishiga dalildir.
O'hshash ma'lumotlar
Tushda o'lik kafani ko'rsa nima bo'ladiO‘LIK KAFANINING TA’BIRI (TA’VILI KAFANI MURDA) Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida tanish bir murdani kafanlagannini ko‘rsa, dunyoda o‘sha odamning yo‘lini tutishga intilishiga dalildir, agar u olim bo‘lsa, ilm yo‘lini, moldor bo‘lsa, mol...
Tushda o'likning tirilishi ko'rsa nima bo'ladiO‘LIKNING TIRILISHI (MURDA ZINDA SHUDAN) Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘likning tirilganini ko‘rsa, ahvoli yaxshi bo‘lishini bildiradi, xususan, u ochiq yuzli bo‘lsa....
Tushda qon oldirmoq, qon bermoq, qon olmoq ko'rsa nima bo'ladiQON OLDIRMOQ (RAG KUSHODAN) ~ Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushda qon oldirganini ko‘rsa, do‘stidan bir so‘z eshitishi yoki moli taroj bo‘lishiga dalildir. Tushida tomir ochtirganini va undan qon kelganini ko‘rsa, sultondan unga zahmat yetishini...
Tushda quyosh ko'rsa nima bo'ladiQUYOSh (OFTOB) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, quyosh tushda podshoh yoki ulug‘ xalifa bo‘ladi. Quyoshning osmondan olayotganini ko‘rsa, podshohlik va ulug‘lik topadi yoki podshohning do‘sti yoki yaqiniga aylanadi. Agar quyoshga aylanib qolganini...
Tushda qo'l ko'rsa nima bo'ladiQO‘L (DAST) Doniyol (a.s.) aytadilarki, o‘ng qo‘l aka-ukani, chap qo‘l opa-singilni bildiradi. Tushida o‘ng qo‘lini uzayib qolganini ko‘rsa, aka-ukasining yoki sherigining ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Tushida ikki qo‘lining qisqarib qolganini...
Fikrlar 1