QO‘L (DAST) Doniyol (a.s.) aytadilarki, o‘ng qo‘l aka-ukani, chap qo‘l opa-singilni bildiradi. Tushida o‘ng qo‘lini uzayib qolganini ko‘rsa, aka-ukasining yoki sherigining ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Tushida ikki qo‘lining qisqarib qolganini ko‘rsa, aka-uka, opa-singillari undan yuz o‘girishini bildiradi.
Tushida har ikki qo‘lining kesilganini va yerda yotganini ko‘rsa, aka-uka va opa-singillari undan tiriklikda judo bo‘lishlarini bildiradi. Agar ikki qo‘lini siynasiga qo‘yib turganini tush ko‘rsa, do‘stlari uchun g‘am yeyishini bildiradi. Tushida bir gurux, odamlar ichida turganini va ular qarsak chalayotganlarini ko‘rsa, o‘sha yerdan kelin olishini bildiradi. Tushida o‘zi yolg‘iz qarsak chalayotganini va xursandchilik qilayotganini ko‘rsa, g‘amu anduh yetishiga dalildir. Tushida qozi yoki sulton uning o‘ng qo‘lini kesganini ko‘rsa, Ibn Sirin (r.a.) qavli bo‘yicha, akasi yoki ukasi, opasi yoki singlisining yoxud farzandining o‘limiga dalil bo‘ladi. Agar ikki qo‘lining kesilganini ko‘rsa, kasbidan va murodidan benasib bo‘lishini bildiradi.
Tushida bir qo‘li bilan ikkinchi qo‘lining terisini shilayotganini ko‘rsa, o‘z odamlariga jafo va zulm qilishiga dalildir.
Tushida o‘z qo‘lini pichoq bilan kesayotganini ko‘rsa, biror kishi bilan xusumatlashishi yoki ko‘ngli biror odamga mashg‘ul ekanligiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Vaqtiki, ular Yusufni ko‘rdilar, hayratda qoldilar va qo‘llarini kesib oldilar (Yusuf surasi, 31-oyat).
Agar qo‘llarining kaftini bir-biriga ishqayotganini ko‘rsa, qarindoshiga uylanishini bildiradi. Tushida bir qo‘lini kesganlarini va dorga osganlarini ko‘rsa, o‘sha yer amirlari ishdan ketishiga dalildir. Tushida hayvonlarga o‘xshab, to‘rt oyoqlab yurayotganini va yuzlari osmonga qaraganini ko‘rsa, qiyin orzulari borligini va ularga g‘oyat qiynalib yetishiga dalildir.
O'hshash ma'lumotlar
Tushda qurol ko'rsa nima bo'ladiQUROL (SILOH) — Bilginki, siloh arab tilida jang qurolidir va u quvvat, ulug‘lik va davlatga dalildir. Agar qurollanganini va qurollilar guruhi ichida begona ekanini ko‘rsa, ayollar guruhi unga ta’na toshlarini otishlariga dalildir, biroq unga zarar...
Tushda Qur'on o'qish ko'rsa nima bo'ladiQUR’ON O‘QISH (QUR’ON XONDAN) Tushda Qur’on o‘qish hokimga dalildir. Agar tushda rahmat oyatini o‘qiganini ko‘rsa, Qaq ta’olodan bashorat bo‘lib, tush ko‘ruvchi yaxshiliklar qilishi va Haq ta’olo shukrini joyiga qo‘yishi kerak. Agar tushida azob...
Tushda qo'y ko'rsa nima bo'ladiQO‘Y (GO‘SPAND) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qo‘y harbiy o‘ljani bildiradi. Tushida qo‘ylarni o‘tlatib yurganini ko‘rsa, bir guruh ustidan ulug‘lik va rahbarlik topishiga dalildir. Qo‘ylarning ba’zisi oq, ba’zisi qora ekanini ko‘rsa,...
Tushda havo ko'rsa nima bo'ladiHAVO (HAVO) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida havoning ravshan va sofligini ko‘rsa, o‘sha diyor odamlarining tandurust, maishati yaxshi, rohatda bo‘lishiga, ulamo va hikmat ahlining esa davlat va iqboli ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar...
Tushda hadya qilmoq ko'rsa nima bo'ladiHADYA (ATO) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida kimdir unga biror narsani hadya qilganini ko‘rsa, ta’birchi undan berilgan hadya qanday xil ekanini, oltinmi-kumushmi yoki libosmi, hadya qiluvchi tanishmi yoki notanishmi, erkakmi yoki ayolmi, bu...