Tushda havo ko'rsa nima bo'ladi

HAVO (HAVO) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida havoning ravshan va sofligini ko‘rsa, o‘sha diyor odamlarining tandurust, maishati yaxshi, rohatda bo‘lishiga, ulamo va hikmat ahlining esa davlat va iqboli ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar havoning qorong‘i va xira ekanini ko‘rsa, o‘sha diyor ahliga g‘amu anduh yetishiga dalildir. Agar tushida havoning qizg‘in rangdaligini ko‘rsa, o‘sha diyorda jang va fitna bo‘lishiga dalildir.


Agar havoning yashil ekanini ko‘rsa, o‘sha diyorda ekin, g‘alla va o‘ismliklar serob bo‘lishiga dalildir. Tushida havoning oppoq va tozaligini qo‘rsa, uning mikdoricha o‘sha diyorda ne’mat, kasb va maishat farovonligi bo‘lishiga dalildir.

Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida havoning changdan pok ekanini, biroq qattiq shamol turganini ko‘rsa, begona podshoh bu diyorga kirishiga dalildir. Tushida havoning bir qismi shahar yoki mahalla ustida ravshan va sof bo‘lganini ko‘rsa, o‘sha yili o‘sha mavzeda ne’mat, farovonlik, xayru manfaat bo‘lishiga dalildir. Agar xavoning har xil ekanini ko‘rsa, o‘sha diyor odamlarining ahvoli parishon bo‘lishiga dalildir.

Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi havo besh narsaga dalildir: ulug‘likka; foydaga; salomatlikka; omonlikka; maishatga. Va bu besh dalil ravshan va sof havo haqidadir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda qorong'ulik ko'rsa nima bo'ladi

QORONG‘ULIK (TORIKIY) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qorong‘ulik din yo‘lidagi adashuvni bildiradi. Agar qorong‘ulikni topganini yoki birov unga berganini ko‘rsa, o‘sha qorong‘ulik mikdoriga qarab, zalolat va gumrohlik topishini...

Tushda quyosh ko'rsa nima bo'ladi

QUYOSh (OFTOB) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, quyosh tushda podshoh yoki ulug‘ xalifa bo‘ladi. Quyoshning osmondan olayotganini ko‘rsa, podshohlik va ulug‘lik topadi yoki podshohning do‘sti yoki yaqiniga aylanadi. Agar quyoshga aylanib qolganini...

Tushda qurol ko'rsa nima bo'ladi

QUROL (SILOH) — Bilginki, siloh arab tilida jang qurolidir va u quvvat, ulug‘lik va davlatga dalildir. Agar qurollanganini va qurollilar guruhi ichida begona ekanini ko‘rsa, ayollar guruhi unga ta’na toshlarini otishlariga dalildir, biroq unga zarar...

Tushda qo'l ko'rsa nima bo'ladi

QO‘L (DAST) Doniyol (a.s.) aytadilarki, o‘ng qo‘l aka-ukani, chap qo‘l opa-singilni bildiradi. Tushida o‘ng qo‘lini uzayib qolganini ko‘rsa, aka-ukasining yoki sherigining ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Tushida ikki qo‘lining qisqarib qolganini...

Tushda hadya qilmoq ko'rsa nima bo'ladi

HADYA (ATO) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida kimdir unga biror narsani hadya qilganini ko‘rsa, ta’birchi undan berilgan hadya qanday xil ekanini, oltinmi-kumushmi yoki libosmi, hadya qiluvchi tanishmi yoki notanishmi, erkakmi yoki ayolmi, bu...



Fikr qo'shish

Наверх