Tushda hadya qilmoq ko'rsa nima bo'ladi

HADYA (ATO) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida kimdir unga biror narsani hadya qilganini ko‘rsa, ta’birchi undan berilgan hadya qanday xil ekanini, oltinmi-kumushmi yoki libosmi, hadya qiluvchi tanishmi yoki notanishmi, erkakmi yoki ayolmi, bu hakda so‘rashi, yaxshi bilib olgandan so‘ng, ta’birini aytishi kerak. Agar berilgan narsa odamlar yaxshi ko‘radigan narsa bo‘lsa, o‘sha hadya beruvchidan unga yetishiga dalildir. Agar hadya beruvchi notanish bo‘lsa, dunyo sababidan unga xorlik yetishiga dalildir.

Agar tushida xadyani olganini va yana qaytarib berganini ko‘rsa, buning yaxshi-yomon hadya beruvchiga qaytuvchiir. Agar tushida unga meva, libos yoki biror shirin narsani hadya qilganini ko‘rsa, hadya qiluvchi bilan uchrashuviga dalilir. Agar hadya qiluvchi yahudiy yoki tarso bo‘lsa, hadyasi yaxshi charsa bo‘lsa, u hadyani bajonidil qabul qilsa, iymoni xatarda ekaniga dalildir. Agar tushida yahudiy yoki tarsoga bir musul-yun kishi hadya berganini va ular hadyani bajonidil qabul qilanini ko‘rsa, ularning musulmon bo‘lishlariga dalildir.


Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida bir kishi unga hadya yurganini va bunga shukr aytganini ko‘rsa, molining ziyoda bo‘lishi va tandurust bo‘lishiga dalildir. Agar shukr aytmasa, ta’biri buning aksi bo‘ladi.

Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida hadyaning yaxshi ekanini, hadya qiluvchi esa past odam ekanini ko‘rsa, ta’bir yomon bo‘ladi.


HADYA QILMOQ (BAXShISh KARDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda o‘z molini o‘z ishiga baxshida etayotganini ko‘rsa, o‘z o‘g‘liga xotin olishiga yoki o‘z qarindoshlaridan birini xotinlikka berishiga va mollarini ular orasida taqsim qilishiga dalil bo‘ladi. Agar o‘z molini yomon ishga hadya qilayotganini ko‘rsa, fasod va harom ishga qo‘l urishiga dalildir. Agar molini begonalarga hadya qilayotganini ko‘rsa, ahvoli o‘limdan yoki tiriklikdan parishon bo‘lishini bildiradi.


Kirmoniy (r.a.) aytadiki, birovning molini shu mol egasining roziligi bilan hadya qilayotganini ko‘rsa, o‘sha mol egasiga moldan yetadigan yaxshilik va yomonliklar yetishiga dalildir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda qurol ko'rsa nima bo'ladi

QUROL (SILOH) — Bilginki, siloh arab tilida jang qurolidir va u quvvat, ulug‘lik va davlatga dalildir. Agar qurollanganini va qurollilar guruhi ichida begona ekanini ko‘rsa, ayollar guruhi unga ta’na toshlarini otishlariga dalildir, biroq unga zarar...

Tushda qo'y ko'rsa nima bo'ladi

QO‘Y (GO‘SPAND) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qo‘y harbiy o‘ljani bildiradi. Tushida qo‘ylarni o‘tlatib yurganini ko‘rsa, bir guruh ustidan ulug‘lik va rahbarlik topishiga dalildir. Qo‘ylarning ba’zisi oq, ba’zisi qora ekanini ko‘rsa,...

Tushda qo'l ko'rsa nima bo'ladi

QO‘L (DAST) Doniyol (a.s.) aytadilarki, o‘ng qo‘l aka-ukani, chap qo‘l opa-singilni bildiradi. Tushida o‘ng qo‘lini uzayib qolganini ko‘rsa, aka-ukasining yoki sherigining ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Tushida ikki qo‘lining qisqarib qolganini...

Tushda havo ko'rsa nima bo'ladi

HAVO (HAVO) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida havoning ravshan va sofligini ko‘rsa, o‘sha diyor odamlarining tandurust, maishati yaxshi, rohatda bo‘lishiga, ulamo va hikmat ahlining esa davlat va iqboli ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar...

Tushda hassa, aso ko'rsa nima bo'ladi

HASSA (ASO) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi hassa ulug‘ va qadrli kishidir. Agar tushida hassasi borligini yoki birov unga berganini ko‘rsa, unga ulug‘ bir kishidan qadr va izzat yetishiga dalildir. Agar hassasi yo‘qolib qolganini ko‘rsa,...



Fikr qo'shish

Наверх