Tushda qo'y ko'rsa nima bo'ladi

QO‘Y (GO‘SPAND) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qo‘y harbiy o‘ljani bildiradi. Tushida qo‘ylarni o‘tlatib yurganini ko‘rsa, bir guruh ustidan ulug‘lik va rahbarlik topishiga dalildir. Qo‘ylarning ba’zisi oq, ba’zisi qora ekanini ko‘rsa, o‘sha guruhning ba’zisi arab, ba’zisi ajam ekaniga dalildir. Tushida ko‘p qo‘ylarning yig‘ilganini va ular o‘zining mulki ekanini ko‘rsa, ko‘p boylik topishiga dalildir.

Tushida yelkasiga qo‘y ko‘targanini ko‘rsa, birovning omonatini gardaniga olishiga dalildir. Tushida pishirilgan qo‘y go‘shtidan yeganini ko‘rsa harbiy o‘ljaga ega bo‘lishini bildiradi. Qovurilgan qo‘y go‘shtidan yeganini ko‘rsa, g‘amu anduhga dalil bo‘ladi.

Tushida yeyish uchun qo‘y so‘yganini ko‘rsa, dushmanni yengishini va molidan yeyishini bildiradi.

Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida qo‘chqor qo‘yi topganini yoki birov berganini ko‘rsa, ulug‘ bir odam bilan suhbatdosh bo‘lishi va unda ulug‘lik va boylik topishiga dalildir. Tushida qo‘chqorning bo‘g‘izlanganini va qo‘yib yuborganini ko‘rsa, bir ulug‘ odam ustidan zafar qazonishi, molini tortib olishi va xarj qilishiga dalildir. Tushida qo‘chqor ustiga o‘tirganini, uning itoatli va bo‘ysunuvchi ekanini ko‘rsa, bir ulug‘ odamning ustidan zafarga ega bo‘lishiga dalildir. Tushida qo‘chqor uni yengganini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi. Tushida qo‘chqorning boshi va oyog‘ini sindirganini ko‘rsa, aytilgan odamni yengishiga dalildir. Tushida qo‘chqorning oyog‘i va boshi uzun va kuchli ekanini ko‘rsa, o‘sha aytilgan odam kuchli va qudratli ekaniga dalildir.

Tushida qo‘chqorning yungi uzun ekanini ko‘rsa, molu davlatning ziyoda bo‘lishini bildiradi. Tushida qo‘chqorning yungi ko‘pligini va bu yunglar o‘ziniki ekanini ko‘rsa, uning mikdoriga qarab odamlarga farmon berishiga, ular o‘zining qo‘l ostida bo‘lishlariga, ulardan ko‘pgina molu davlat topishiga dalildir.

Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi sovliq qo‘y ulug‘ va saxiy ayol bo‘ladi.
Tushida sovliq topganini yoki birov unga berganini ko‘rsa, aytilgan sifatdagi ayol unga do‘st va talabgor bo‘ladi va undan mol hosil qiladi. Tushida sovliq qo‘yi yo‘qolib qolganini ko‘rsa, o‘sha xotin undan judo bo‘ladi.

Ismoil Ash’as (r.a.)ning aytishicha, tushida sovliq qo‘yni bo‘g‘izlaganini ko‘rsa, pokiza bir ayolga bo‘hton qilishini ko‘rsatadi. Agar sovliq qo‘y qora bo‘lsa, arab xotinni, oq bo‘lsa, ajamiy xotinni bildiradi. Qo‘yning terisi halol mol bo‘ladi.

Tushda qo‘yni ko‘rish besh narsaga dalildir: ulug‘likka; ulug‘ ayolga; molga; farmonga; izzat va manfaatga.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda qurol ko'rsa nima bo'ladi

QUROL (SILOH) — Bilginki, siloh arab tilida jang qurolidir va u quvvat, ulug‘lik va davlatga dalildir. Agar qurollanganini va qurollilar guruhi ichida begona ekanini ko‘rsa, ayollar guruhi unga ta’na toshlarini otishlariga dalildir, biroq unga zarar...

Tushda qo'l ko'rsa nima bo'ladi

QO‘L (DAST) Doniyol (a.s.) aytadilarki, o‘ng qo‘l aka-ukani, chap qo‘l opa-singilni bildiradi. Tushida o‘ng qo‘lini uzayib qolganini ko‘rsa, aka-ukasining yoki sherigining ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Tushida ikki qo‘lining qisqarib qolganini...

Tushda hadya qilmoq ko'rsa nima bo'ladi

HADYA (ATO) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida kimdir unga biror narsani hadya qilganini ko‘rsa, ta’birchi undan berilgan hadya qanday xil ekanini, oltinmi-kumushmi yoki libosmi, hadya qiluvchi tanishmi yoki notanishmi, erkakmi yoki ayolmi, bu...

Tushda hammom ko'rsa nima bo'ladi

HAMMOM (GARMOBA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi hammom g‘amu anduh bo‘ladi. Hammomda yuvinish shodlikni bildiradi. Iliq suv yaxshi va kuchli qaynagan suv yomon bo‘ladi. Tushida hammomga borganini, unda g‘usl qilganini va toza bo‘lib...

Tushda xo'roz ko'rsa nima bo'ladi

XO‘ROZ (XURUS) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida xo‘rozi borligini va bu xo‘roz o‘z mulki ekanini ko‘rsa, Ajam xalqidan bo‘lgan bir qulzoda unga qahr qilishini bildiradi, bordi-yu, xo‘rozni so‘yib yuborganini ko‘rsa, qulzoda ustidan zafar...



Fikrlar 2

манзура
мен тушимда иккита кузочни жуда хам чироли уйимиздан чикиб кетмокчи булди эшикни епиб саклаб колдим ва углимни ердамга чакирдим. Шуни нимага эканлигини билмокчи эдим
10 сентября 2022 09:56

Динора
Ассалому алайкум жуда куркяпман бугун тушимда кочкорми эчкими шохи хам бореди козонда калласи кайнаяпди экан сув лойланип корайип кетган жунларихам бор огзи очилип колган тишлари откир эди
Илтимос Ким чушинса йозсин
2 ноября 2023 11:08

Fikr qo'shish

Наверх