Tushda xo'roz ko'rsa nima bo'ladi

XO‘ROZ (XURUS) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida xo‘rozi borligini va bu xo‘roz o‘z mulki ekanini ko‘rsa, Ajam xalqidan bo‘lgan bir qulzoda unga qahr qilishini bildiradi, bordi-yu, xo‘rozni so‘yib yuborganini ko‘rsa, qulzoda ustidan zafar topishiga dalildir. Tushida xo‘roz bilan jang qilayotganini ko‘rsa, ajamlik kishi bilan janjallashiga dalolat qiladi. Agar xo‘roz o‘ziga ziyon yetkazganini ko‘rsa, ajamlikdan zarar yetishiga dalildir. Tushida xo‘roz bolasini topib olganini ko‘rsa kichkina g‘ulom yoki kanizakdan bir o‘g‘il tug‘ilishiga dalildir.

Tushida xo‘roz qichqirayotganini eshitsa, yaxshilik eshitishiga dalildir. Agar xo‘rozning o‘ziga sakrab, tepganini tush ko‘rsa, birovdan g‘amu anduh yetishiga dalildir. Tushdagi xo‘rozning moyagi g‘ulomni bildiradi. Tushida kimdir unga jo‘ja xo‘roz berganini ko‘rsa, unga bir g‘ulom bag‘ishlashlariga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, har kim tushida xo‘rozi borligini ko‘rsa, o‘g‘il tug‘iladi yoki muazzin bilan suhbat qurishiga dalildir. Chunonchi, Rasululloh (s.a.v.) buyuradilar: Xo‘roz mening yaxshi ko‘rganimdir, chunki u odamlarni namozga chaqiradi.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushida xo‘roz go‘pggini yeganini ko‘rsa, martabali bir odam farzandi ustidan g‘olib bo‘lishini bildiradi. Tushida xo‘rozning tuxumini topib olganini va sindirganini ko‘rsa, ulug‘ yoki oddiy odam ustidan g‘alaba qilishini bildiradi.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda har-xil kasalliklar ko'rsa nima bo'ladi

Ibn Sirin: Kim tushda holdan toydiruvchi turli sovuq kasalliklarga duchor bo’lsa, Alloh buyurgan farzlarga va turli xaqlardan iborat vojiblarga beparvo bo’ladi. Xaroratli kasallitlar ta’vilda podshoh tomonidan keladigan tashvishdir. Kim tushida...

Tushda barmoqlari bilan yulmoq ko'rsa nima bo'ladi

Ibn Sirin: U tushda o’ngdagi ta’maga dalolat qiladi. Agar yuluvchining qo’lida go’sht ko’rsa, ya’ni tushida kimnidir barmoqlari bilan mijib go’shtini yulib olsa, ta’ma qilgan narsasiga erishadi. Agar dumbasini yulib olsa unga hiyonat qiladi. Kim...

Tushda sotuvchi va oluvchi ko'rsa nima bo'ladi

Ibn Sirin: Sotuvchi va oluvchilar har xil bo’lib, kim o’zini biror narsani sotayotgan yoki sotib olayotgan holda ko’rsa, muztar va muhtoj bo’ladi. Kim yaxshi narsani sotayotganini ko’rsa, tashvish, iztirob, havf hatarga yo’liqib, shu bilan najot va...

Tushda dengiz ko'rsa nima bo'ladi

Ibn Sirin: U haybatli va kuchli sultondir. Shuningdek, podshoh, soliq yig’uvchi, hokim, olimlar va aslzodalar kabi xalq ustidan hukmronlik qiluvchi kishilarga ishoradir. Ba’zan dengiz dunyo va uning daxshatlariga dalolat qiladi....

Tushda yemoq va ichmoq ko'rsa nima bo'ladi

YEMOQ VA ICHMOQ (XURDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda har qanday yoqimli hidga ega bo‘lgan yemishdan iste’mol qilish yaxshilik va shodlik bo‘ladi, hidi noxush bo‘lsa, yomonlikka dalildir....



Fikrlar 1

Азиза
Котта рахмат узимга керакли жовобни билиб олдим.
26 марта 2021 18:30

Fikr qo'shish

Наверх