Tushda dengiz ko'rsa nima bo'ladi

Ibn Sirin: U haybatli va kuchli sultondir. Shuningdek, podshoh, soliq yig’uvchi, hokim, olimlar va aslzodalar kabi xalq ustidan hukmronlik qiluvchi kishilarga ishoradir. Ba’zan dengiz dunyo va uning daxshatlariga dalolat qiladi.


Dengiz mavji to’lib-toshgan bo’lsa, fitnaga dalolat qiladi. Dengiz balig’i dunyodagi kattayu kichikka beraxm bo’lgan hatokor odamlardir. Dengiz jonzotlari dunyoning raislari, raxbarlari va yaxshi yomon xalqlaridir. Dengiz to’lqinlari hayot belgisidir. Kim tushida o’zini dengizda ko’rsa, yoki unga dengiz ko’rinsa, tush ko’ruvchi kasal bo’lsa, kasali kuchayadi. Agar o’sha kasal odam tushida suvga cho’kib ketsa, o’ngida shu kasalligi orqasidan o’ladi. Agar tush ko’ruvchi kasal bo’lmasa, podshoh oldiga kiradi. Basharti bu yoz oylari yoki dengi tinch paytida bo’lsa. Dengizda suzish, qay darajada suzishiga qarab ilmdagi harakatdir. Olimlar bilan birga bo’lib, tijorat va molda kengchilikka eshishdir.

Dengizga g’arq bo’lib o’lsa, dini fasod bo’lib, o’ylagan maqsadiga erisha olmaydi. Qish yoki sovuq kunlari dengizda bo’lib, to’lqin paydo bo’lganda suzib yursa, sulton tomonidan unga bir balo yetadi. Mazkur balo qamoq, azob, suv to’planish kasali, yoki halok qiluvchi fitna bo’lishi mumkin. Agar shu payt cho’kib ketsa, o’ngida o’z turar joyida qatl qilinadi. Kim dengiz suvidan qancha ichsa, sultondan shuncha mol oladi. Yoki dunyodan shuncha kasb qiladi. Kim dengiz tubiga tushib, uning qa’ridagi loy yoki balchiqqa yetsa, ulug’ podsho tomonidan unga tashvish yetadi. Kim dengiz yoki anhorni boshqa tomonga bursa, havfu tashvishlarini burib, undan salomat bo’ladi. Kim dengiz kechib yurganini ko’rsa, podshohning hizmatiga kirishib, ko’p yaxshilikka yetishadi.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda barmoqlari bilan yulmoq ko'rsa nima bo'ladi

Ibn Sirin: U tushda o’ngdagi ta’maga dalolat qiladi. Agar yuluvchining qo’lida go’sht ko’rsa, ya’ni tushida kimnidir barmoqlari bilan mijib go’shtini yulib olsa, ta’ma qilgan narsasiga erishadi. Agar dumbasini yulib olsa unga hiyonat qiladi. Kim...

Tushda quvvat ko'rsa nima bo'ladi

Ibn Sirin: Kim tushida quvvati oshib agar tushida shu bilan birga yaxshilikka dalolat qiladigan narsani ham ko’rsa, uning bu quvvati diniy ishlariga hos. Agar unday bo’lmasa, uning bu quvvati dunyoviy ishlaridir. Ayishlaricha tushdagi quvvat...

Tushda shippak, tapochka ko'rsa nima bo'ladi

Ibn Sirin: Kim safarda kiyadigan shippakni ko’rsa, o’zi safarga chiqadi, yoki tushda unga sherik bo’lgan odam chiqadi. Yoki u uchun mol safar qiladi. Bularning bari tushda uni kiyib yurishga bog’liq. ...

Tushda va'da qilmoq ko'rsa nima bo'ladi

Ibn Sirin: Kim tushida chiroyli va’da qilsa, o’ngida unga yo’liquvchidir. Agar dushmani unga yaxshi va’da qilsa, dushmanidan unga yomonlik yetadi. Agar dushmani unga yomon narsa va’da qilgan bo’lsa, dushmanidan yoki boshqadan unga yaxshilik yetadi....

Tushda sotuvchi va oluvchi ko'rsa nima bo'ladi

Ibn Sirin: Sotuvchi va oluvchilar har xil bo’lib, kim o’zini biror narsani sotayotgan yoki sotib olayotgan holda ko’rsa, muztar va muhtoj bo’ladi. Kim yaxshi narsani sotayotganini ko’rsa, tashvish, iztirob, havf hatarga yo’liqib, shu bilan najot va...



Fikr qo'shish

Наверх