Tushda Qur'on o'qish ko'rsa nima bo'ladi

QUR’ON O‘QISH (QUR’ON XONDAN) Tushda Qur’on o‘qish hokimga dalildir. Agar tushda rahmat oyatini o‘qiganini ko‘rsa, Qaq ta’olodan bashorat bo‘lib, tush ko‘ruvchi yaxshiliklar qilishi va Haq ta’olo shukrini joyiga qo‘yishi kerak. Agar tushida azob oyatini o‘qiyotganini ko‘rsa, Xudoyi ta’oloning g‘azabida bo‘lishiga dalildir, tavba qilish Qaq ta’olo yo‘liga qaytish lozim. Agar qissa va misollar haqidagi oyatlarini o‘kiganini ko‘rsa, ma’siyatga yo‘l qo‘yishiga dalildir.

Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida Qur’onning yarmini o‘qiganini ko‘rsa, umrining yarmi o‘tganiga dalildir. Agar tushida hofizi Qur’on (qori) bo‘lganini ko‘rsa, omonatni sakdovchi bo‘lishiga dalildir. Agar tushida o‘qilayotgan Qur’on ovozini eshitganini ko‘rsa, din yo‘lidagi ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir.


Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, Qur’onni to‘liq o‘qib chiqqanini ko‘rsa, murod topishiga, ba’zi ta’birchilar bo‘yicha, umri oxiriga yetganiga dalildir. Agar Qur’onni baland ovozda o‘qiyotganini ko‘rsa, ishlari yuqorilashi va odamlar orasida mashhur bo‘lishiga dalildir. Agar tushida qaysi oyatni o‘qiganini yodida qolgan bo‘lsa, shu oyat tafsiri ta’bir bo‘ladi.

Ismoil Ash’as (r.a.)ning aytishicha, tushida Qur’onning to‘rtdan birini o‘qiganini ko‘rsa, ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Agar tushida A’rof surasidan to Maryam surasigacha o‘qiganini ko‘rsa, odamlar orasida mashhur bo‘lishiga dalildir. Agar Zumar surasidan to Nos surasigacha o‘qiganini ko‘rsa, barcha hojatlari yuzaga chiqishiga dalildir. Agar uch pora Qur’onni to‘liq o‘qiganini ko‘rsa, yil va oylar unga muborak bo‘lishiga dalildir. Agar haftiyakni to‘liq o‘qiganini ko‘rsa, g‘am va anduhdan qutilishiga dalildir. Agar Qur’on o‘qishni bilmasada, biroq tushida Qur’on o‘qiyotganin ko‘rsa, ajali yaqinlashib qolganiga dalildir. Agar tushida yalang‘och holda Qur’on o‘qiyotganini ko‘rsa, e’tiqodiga nuqson yetganiga dalildir.

Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda Qur’on o‘qish to‘rt narsani bildiradi: ofatlardan salomat bo‘lishini; kambag‘allikdan so‘ng boy bo‘lishni; dildagi murod va maqsadiga yetishni; ogohlik va parhezgarlikni buyurish.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda qurbon qilish ko'rsa nima bo'ladi

QURBON QILISH (QURBON KARDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar tushida mol yoki qo‘yni qurbon qilganini ko‘rsa, agar qul bo‘lsa, ozod bo‘lishi, balo va zahmatga giriftor bo‘lsa, shifo topishiga, bandi bo‘lsa, ozod bo‘lishiga kambag‘al bo‘lsa,...

Tushda qusish ko'rsa nima bo'ladi

QUSISH (QAY KARDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida bir kishi qusayotganini va qusqi oson chiqayotganini ko‘rsa, tavba qilishiga dalildir. Agar qusishga qiynalayotganini va qusqi yana qaytib joyiga ketganini ko‘rsa, tavbasidan qaytishi,...

Tushda qo'y ko'rsa nima bo'ladi

QO‘Y (GO‘SPAND) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qo‘y harbiy o‘ljani bildiradi. Tushida qo‘ylarni o‘tlatib yurganini ko‘rsa, bir guruh ustidan ulug‘lik va rahbarlik topishiga dalildir. Qo‘ylarning ba’zisi oq, ba’zisi qora ekanini ko‘rsa,...

Tushda qo'l ko'rsa nima bo'ladi

QO‘L (DAST) Doniyol (a.s.) aytadilarki, o‘ng qo‘l aka-ukani, chap qo‘l opa-singilni bildiradi. Tushida o‘ng qo‘lini uzayib qolganini ko‘rsa, aka-ukasining yoki sherigining ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Tushida ikki qo‘lining qisqarib qolganini...

Tushda hamrohlik qilish ko'rsa nima bo'ladi

HAMROHLIK QILISH (HAMROHI KARDAN) Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, agar tushida podshoh bilan hamrohlik qilayotganini ko‘rsa, podshoxdan unga xayru manfaat yetishiga dalildir. Agar bir olim kishi bilan hamrohlik qilayotganini ko‘rsa, ilm va donolik...



Fikr qo'shish

Наверх