Tushda qurbon qilish ko'rsa nima bo'ladi

QURBON QILISH (QURBON KARDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar tushida mol yoki qo‘yni qurbon qilganini ko‘rsa, agar qul bo‘lsa, ozod bo‘lishi, balo va zahmatga giriftor bo‘lsa, shifo topishiga, bandi bo‘lsa, ozod bo‘lishiga kambag‘al bo‘lsa, boy bo‘lishiga, xavfda bo‘lsa, omon bo‘lishiga, qarzdor bo‘lsa, qutilishiga, Haj qilmagan bo‘lsa, Haj qilishiga dalildir.

Agar tushida odamlarning qurbon qilish uchun dalaga ketganlarini ko‘rsa, qo‘rqadigan narsalaridan ozod bo‘lishlariga, mahbus bo‘lsalar, ozod bo‘lishlariga, ochlik va tanglikda bo‘lsalar, farovonlikka chiqishlariga dalildir. Xususan, bu tush qurbon hayiti arafasida bo‘lsa, ta’biri tezroq yuzaga chiqadi.


Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida qurbonlik go‘shtni odamlarga taqsimlab berayotganini ko‘rsa, bir ulug‘ odam o‘sha yerda o‘lishiga va molini bo‘lib olishlariga dalildir. Agar go‘shtni o‘g‘irlab ketganini ko‘rsa, Xudoyi ta’ologa yolg‘on so‘zlashiga-dalildir. Tushdagi qurbonlik bashorat bo‘ladi. Alloh ta’olo aytadi: Yana, Biz unga solihlardan (bo‘lg‘usi) payg‘ambar Ishoqning xushxabarini berdik (Vas-saffot surasi, 112-oyat).
Agar tush ko‘ruvchi ayol homilador bo‘lsa, solih farzand tug‘adi.

Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qurbonlik to‘rt narsaga dalildir: qo‘rquvdan qutilishga; maqsad va hojatlarning yuzaga chiqishiga; xayru barakatga; ochlik va tanglikdan qutilishga.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda Qur'on o'qish ko'rsa nima bo'ladi

QUR’ON O‘QISH (QUR’ON XONDAN) Tushda Qur’on o‘qish hokimga dalildir. Agar tushda rahmat oyatini o‘qiganini ko‘rsa, Qaq ta’olodan bashorat bo‘lib, tush ko‘ruvchi yaxshiliklar qilishi va Haq ta’olo shukrini joyiga qo‘yishi kerak. Agar tushida azob...

Tushda qush ko'rsa nima bo'ladi

QUSH (MURG‘) — Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qush qanchalik katta bo‘lsa, izlagan ishdagi himmati shunga ulug‘roq bo‘ladi. Tushida ko‘pincha qushlar bir yerga to‘planib, qiy-chuv qilayotganini ko‘rsa, o‘sha joydagi odamlarga g‘am va...

Tushda qo'y ko'rsa nima bo'ladi

QO‘Y (GO‘SPAND) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qo‘y harbiy o‘ljani bildiradi. Tushida qo‘ylarni o‘tlatib yurganini ko‘rsa, bir guruh ustidan ulug‘lik va rahbarlik topishiga dalildir. Qo‘ylarning ba’zisi oq, ba’zisi qora ekanini ko‘rsa,...

Tushda qo'l ko'rsa nima bo'ladi

QO‘L (DAST) Doniyol (a.s.) aytadilarki, o‘ng qo‘l aka-ukani, chap qo‘l opa-singilni bildiradi. Tushida o‘ng qo‘lini uzayib qolganini ko‘rsa, aka-ukasining yoki sherigining ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Tushida ikki qo‘lining qisqarib qolganini...

Tushda hadya qilmoq ko'rsa nima bo'ladi

HADYA (ATO) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida kimdir unga biror narsani hadya qilganini ko‘rsa, ta’birchi undan berilgan hadya qanday xil ekanini, oltinmi-kumushmi yoki libosmi, hadya qiluvchi tanishmi yoki notanishmi, erkakmi yoki ayolmi, bu...



Fikr qo'shish

Наверх