Tushda qusish ko'rsa nima bo'ladi

QUSISH (QAY KARDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida bir kishi qusayotganini va qusqi oson chiqayotganini ko‘rsa, tavba qilishiga dalildir. Agar qusishga qiynalayotganini va qusqi yana qaytib joyiga ketganini ko‘rsa, tavbasidan qaytishi, oxiri azobga mubtalo bo‘lishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilar bo‘yicha, musibat va ziyon tortadi.

Agar qusib, uni yeyayotganini ko‘rsa, baxilligi sababli oilasiga hech narsa nafaqa qilmasligiga dalildir.

Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida qusganini va uning ta’mi achchiq va noxush ekanini ko‘rsa, tavbadan so‘ng yana gunoh qilishga qaytishiga dalildir. Gar qusish vaqtida qornidan bir narsa tiliga chiqqanini ko‘rsa, bemor bo‘lishiga dalildir. Agar balg‘am chiqsa, kasallikdan shifo topishiga, agar ko‘pgina qon chiqsa, mol topishiga dalildir. Agar safro chiqsa, ranjdan omon bo‘lishiga, agar qornidan nimaiki bo‘lsa, hammasini chiqqanini ko‘rsa, halok bo‘lishiga dalildir.

Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qusish olti narsaga dalildir: tavbaga; pushaymonlikka; g‘alabaga; g‘amdan qutilishiga; omonatni qaytarishga; to‘xtab qolgan ishlarning yurishib ketishiga.

Agar qusib, uni olganini ko‘rsa, birovga biror narsa hadya qilishiga va yana uni qaytarib olishiga dalildir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda qorin ko'rsa nima bo'ladi

QORIN (SHIKAM) Qorinning ta’birida ta’birchilar uch fikrdalar, qorinning tashqarisi va ichkarisi ham moldir. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, farzand bo‘ladi. Kimning qorni och qolsa va hilqatidan biror narsa kamaysa, moli yoki bolasi ozayadi. Agar...

Tushda quduq ko'rsa nima bo'ladi

QUDUQ (CHOH) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi quduq ta’birda xotinni bildiradi. Agar tushida biror yerda quduq qaziyotganini ko‘rsa, xotin olishiga dalildir. Agar birovga quduq qazishda yordam berayotgan bo‘lsa, ayol bilan erkak orasida vositachi...

Tushda quyosh ko'rsa nima bo'ladi

QUYOSh (OFTOB) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, quyosh tushda podshoh yoki ulug‘ xalifa bo‘ladi. Quyoshning osmondan olayotganini ko‘rsa, podshohlik va ulug‘lik topadi yoki podshohning do‘sti yoki yaqiniga aylanadi. Agar quyoshga aylanib qolganini...

Tushda qo'y ko'rsa nima bo'ladi

QO‘Y (GO‘SPAND) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qo‘y harbiy o‘ljani bildiradi. Tushida qo‘ylarni o‘tlatib yurganini ko‘rsa, bir guruh ustidan ulug‘lik va rahbarlik topishiga dalildir. Qo‘ylarning ba’zisi oq, ba’zisi qora ekanini ko‘rsa,...

Tushda qo'l ko'rsa nima bo'ladi

QO‘L (DAST) Doniyol (a.s.) aytadilarki, o‘ng qo‘l aka-ukani, chap qo‘l opa-singilni bildiradi. Tushida o‘ng qo‘lini uzayib qolganini ko‘rsa, aka-ukasining yoki sherigining ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Tushida ikki qo‘lining qisqarib qolganini...



Fikr qo'shish

Наверх