QON OLDIRMOQ (RAG KUSHODAN) ~ Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushda qon oldirganini ko‘rsa, do‘stidan bir so‘z eshitishi yoki moli taroj bo‘lishiga dalildir. Tushida tomir ochtirganini va undan qon kelganini ko‘rsa, sultondan unga zahmat yetishini bildiradi. Qon oz chiqqanini ko‘rsa, zahmat oz bo‘lishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida qandaydir olim kishi uning tomirini ochganini, qon ko‘p kelganini va qonni bir joyga qo‘yganini ko‘rsa, bemor bo‘lishi va molini bemorlik yo‘lida xarj qilishini bildiradi.
Ismoil Apgas (r.a.) aytadiki, tushida o‘ng qo‘lidan qon oldirganini ko‘rsa, molining ziyoda bo‘lishini bildiradi. Chap qo‘lidan qon oldirganini tush ko‘rsa, molining va do‘stlarining ko‘payishini bildiradi. Agar tanish kishi undan qon olganini ko‘rsa, xotini homilador bo‘lmasa, homilador bo‘lishiga, bordiyu homilador bo‘lsa, qiz tug‘ilishiga dalil bo‘ladi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida tomir ochtirganini va qon ko‘p chiqqanini ko‘rsa, unga haq so‘z aytishlariga dalildir.
O'hshash ma'lumotlar
Tushda quduq ko'rsa nima bo'ladiQUDUQ (CHOH) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi quduq ta’birda xotinni bildiradi. Agar tushida biror yerda quduq qaziyotganini ko‘rsa, xotin olishiga dalildir. Agar birovga quduq qazishda yordam berayotgan bo‘lsa, ayol bilan erkak orasida vositachi...
Tushda quyosh ko'rsa nima bo'ladiQUYOSh (OFTOB) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, quyosh tushda podshoh yoki ulug‘ xalifa bo‘ladi. Quyoshning osmondan olayotganini ko‘rsa, podshohlik va ulug‘lik topadi yoki podshohning do‘sti yoki yaqiniga aylanadi. Agar quyoshga aylanib qolganini...
Tushda qulon ko'rsa nima bo'ladiQULON (XARGUR) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida qulonni qo‘lga kiritganini ko‘rsa, birorta boylikni qo‘lga kiritishiga dalil bo‘ladi. Agar qulonga o‘tirganini va qulon mute’ ekanini tush ko‘rsa, osiy va gunohkor bo‘lishiga dalildir....
Tushda qo'l ko'rsa nima bo'ladiQO‘L (DAST) Doniyol (a.s.) aytadilarki, o‘ng qo‘l aka-ukani, chap qo‘l opa-singilni bildiradi. Tushida o‘ng qo‘lini uzayib qolganini ko‘rsa, aka-ukasining yoki sherigining ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Tushida ikki qo‘lining qisqarib qolganini...
Tushda hadya qilmoq ko'rsa nima bo'ladiHADYA (ATO) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida kimdir unga biror narsani hadya qilganini ko‘rsa, ta’birchi undan berilgan hadya qanday xil ekanini, oltinmi-kumushmi yoki libosmi, hadya qiluvchi tanishmi yoki notanishmi, erkakmi yoki ayolmi, bu...