Tushda farj (ayol kishi jinsiy azosi) ko'rsa nima bo'ladi

FARJ Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, erkak kishi tushida ayollarniki kabi farji borligini ko‘rsa, xor va bechora bo‘lishiga dalildyr. Agar bir kishi u bilan jimo (jinsiy aloqa) qilganini ko‘rsa, o‘sha odam hojatini chiqarishiga dalildir. Agar ikkita xotin o‘zlarida bitta farj borligini ko‘rsalar, o‘sha ikki xotin bitta erkakniki bo‘lishiga dalildir.

Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, agar ayol kishi tushida o‘z farjini po‘lat yoki misdan ekanini ko‘rsa, maqsadiga yetishdan noumid bo‘lishlariga dalildir. Agar ayol kishi o‘z farjining kesilganini ko‘rsa, dushman ustidan g‘alaba qazonishiga dalildir. Agar ayol kishi farjidan baliq chiqqanini ko‘rsa qiz tug‘ilishiga dalildir. Agar ayol kishi farjida mushuk chiqqanini ko‘rsa, o‘g‘ri va yo‘lto‘sar farzand tug‘ilishiga dalildir. Agar ayol kishi farjidan ilon chiqqanini ko‘rsa, nobakor qiz tug‘ilishiga dalildir. Agar ayol kishi farjidan ilon yoki chayon chiqqanini ko‘rsa, o‘ziga dushman bo‘ladigan farzand tug‘ilishiga dalildir. Agar farjidan qurt yoki chumoli chiqqanini ko‘rsa, past himmatli farzand tug‘ilishiga dalildir.


Ayol kishi tushida farjidan non chiqqanini ko‘rsa, kambag‘al va nochor bo‘lishiga dalildir. Agar farjidan kunjut chiqqanini ko‘rsa, eri uni yaxshi ko‘rishiga dalildir. Agar farjidan qon chiqqanini ko‘rsa, eri hayzi bor vaqtda jimo (jinsiy aloqa) qilishiga dalildir. Agar farjidan yiring oqqanini ko‘rsa, qobil va soz f arzand tug‘ilish iga dalildir. Agar f arj ida notiniq suv oqqanini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi. Agar farjidan olov chiqqanini ko‘rsa, farzandi jahon mulkini olishiga dalildir.

Agar bir kishi farj ini yirtib yuborganini ko‘rsa, o‘sha kish idan foyda topishiga dalildir.

Ismoil Ash’as (r.a.)ning aytishicha, agar farjidan mo‘y o‘sib chiqqanini va u juda ko‘p ekanini ko‘rsa, farzandi sababli g‘amga tushishiga dalildir. Agar farjidan mo‘y yo‘kdigini ko‘rsa, shod bo‘lishiga dalildir. Agar farjining shishib ketganini ko‘rsa, mol topishiga dalildir. Agar homilador bo‘lmasa, o‘g‘lining o‘limiga dalildir. Agar f arj idan gavhar yoki marvarid chiqqanini ko‘rsa, olim va taqvodor farzand tug‘ilishiga dalildir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda sigir va buqa ko'rsa nima bo'ladi

SIGIR VA BUQA (GOV) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushida molning ustida o‘tirganini va mol o‘ziniki ekanini ko‘rsa podshohdan amalga ega bo‘lishi va xususan, mol qora bo‘lsa, undan ko‘p foyda ko‘rishiga dalildir. Agar sariq buqani ko‘rsa, bemorlikka...

Tushda son ko'rsa nima bo'ladi

SON (ADAD) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar tushida diram, dinor yoki libos yoxud boshqa narsalardan bitta berganini ko‘rsa, yaxshilik ko‘rishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Kimki (bir) hasana (savobli ish) qilsa, unga o‘n barobar...

Tushda chayon ko'rsa nima bo'ladi

CHAYON (KAJDUM) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi chayon zaif dushman bo‘lib, odamlarni ranjitadi va do‘st bilan dushman uning oldida barobardir. Tushida chayon chaqib olganini ko‘rsa, dushman unga qattiq gapirishiga va undan ko‘ngli...

Tushda o'lik bilan jimo qilmoq (jinsiy aloqa qilmoq) ko'rsa nima bo'ladi

O‘LIK BILAN JIMO’ QILMOQ (MUJOMA’AT KARDAN BO MURDA) Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, bu tushning haqiqati shuki, agar tushida o‘lik bilan jimo’ (jinsiy aloqa) qilganini, biroq maniy (urug‘) kelmaganini ko‘rsa, bu tushning ta’biri to‘g‘ri va...

Tushda qo'l ko'rsa nima bo'ladi

QO‘L (DAST) Doniyol (a.s.) aytadilarki, o‘ng qo‘l aka-ukani, chap qo‘l opa-singilni bildiradi. Tushida o‘ng qo‘lini uzayib qolganini ko‘rsa, aka-ukasining yoki sherigining ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Tushida ikki qo‘lining qisqarib qolganini...



Fikrlar 1

..
Qiz bola tushida jinsiy azosi almashganini kõrs nma bõladi?
31 января 2024 07:26

Fikr qo'shish

Наверх