Tushda tikon ko'rsa nima bo'ladi

TIKON (XOR) Tushdagi tikon qarz bo‘ladi. Agar tushida tanasida tikon borligini yoki kimdir unga tikon sanchganini ko‘rsa, kimdandir qarz olishiga va tikon yetkazgan ranj mikdoriga muvofiq achchiq so‘z eshitishiga dalildir. Agar tushida birovning tanasiga tikon sanchganini ko‘rsa, birovga qarz berishiga va o‘sha kishiga achchiq so‘z aytishiga dalildir.


Kirmoniy (r.a.) aytadiki, agar tushida ko‘p tikoni borligini va oyog‘iga o‘sha tikonlardan aziyat yetayotganini ko‘rsa, qarzdor bo‘lishiga va oxiri qarzlaridan qutulishiga dalildir.

J’fari Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi tikon uch narsani bildiradi: qarzni; dashnomni; ishlarning qiyinligini.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda tuya, tuya bolasi ko'rsa nima bo'ladi

TUYA (UShTUR) Ibn Sirin (r.a.) aytadi: Agar kishi o‘zini shitob bilan yurib ketayotgan notanish tuya ustida ko‘rsa, safarga borishiga dalildir. Agar tuya ustida o‘tirganini va yo‘lini yo‘qotib qo‘yganini ko‘rsa, o‘zi uchun kerakli yo‘lning qayerda...

Tushda uzuk ko'rsa nima bo'ladi

UZUK (ANGUSHTARIY) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, naqshli chiroyli uzukni ko‘rsa, uzuk sohibidan unga xayriyat va yaxshilik yetishiga dalildir. Agar bir kishi unga uzuk berib, uzukka muhr qilishini so‘rasa, nimaiki unga loyiq bo‘lsa, o‘shani...

Tushda cho'loq yoki oqsoq ko'rsa nima bo'ladi

CHO‘LOQ YOKI OQSOQ BO‘LISH (LANG SHUDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida cho‘loq bo‘lib qolganini ko‘rsa, yaxshi yoki yomon ishlarning payida bo‘lishi, sust va zaif bo‘lib, qudratga ega bo‘lmasligiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning...

Tushda eshak ko'rsa nima bo'ladi

ESHAK (XAR) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushda eshakni ko‘rmoq baxt va ulug‘lik bo‘ladi. Eshakdagi yaxshilik va yomonlik tush ko‘ruvchiga qaytuvchidir. Agar tushida eshak o‘z mulki bo‘lganini yoki uyga kirib kelganini, eshakni ushlab, bog‘lab...

Tushda quduq ko'rsa nima bo'ladi

QUDUQ (CHOH) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi quduq ta’birda xotinni bildiradi. Agar tushida biror yerda quduq qaziyotganini ko‘rsa, xotin olishiga dalildir. Agar birovga quduq qazishda yordam berayotgan bo‘lsa, ayol bilan erkak orasida vositachi...



Fikr qo'shish

Наверх