Tushda eshak ko'rsa nima bo'ladi

ESHAK (XAR) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushda eshakni ko‘rmoq baxt va ulug‘lik bo‘ladi. Eshakdagi yaxshilik va yomonlik tush ko‘ruvchiga qaytuvchidir. Agar tushida eshak o‘z mulki bo‘lganini yoki uyga kirib kelganini, eshakni ushlab, bog‘lab qo‘yganini ko‘rsa, uning uchun yaxshiliklar eshigi ochilishiga va g‘amlardan qutulishiga dalildir. Agar tushida ko‘p eshaklarni ko‘rsa, molu ne’matining ziyoda bo‘lishiga dalildir. Tushdagi eng yaxshi eshak tush ko‘ruvchiga itoatda bo‘lgan eshakdir.

Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushida qora eshakka o‘tirganini ko‘rsa, raxbarlik va ulug‘lik topishiga, yashil rangli eshakka o‘tirganini ko‘rsa, obid va zoqid kishiga aylanishiga, qizil rangli eshakka o‘tirganini tush ko‘rsa, ayshu ishratga dalildir.

Agar sariq rangli eshakka o‘tirganini ko‘rsa, bemor bo‘lishini bildiradi. Agar homilador moda eshakka o‘tirganini tush ko‘rsa, xayru xurramlikka yetishini bildiradi. Tushida eshak go‘shtidan tanovul qilayotganini ko‘rsa, tijorat orqali mol topishini bildiradi. Agar o‘z eshagini so‘yib, go‘shtidan tanovul qilayotganini tush ko‘rsa, o‘z molini sarf qilishiga dalildir. Agar tushida eshakka o‘tirganini ko‘rsa va eshak uni ko‘tarolmay o‘lib qolsa, tush sohibining tez orada vafot qilishini bildiradi.

Eshakdan yiqilib tushganini tush ko‘rsa, kambag‘allik va nochorlikka tushishini bildiradi. Tushida boshqa odamga qarashli bo‘lgan eshakdan yiqilib tushganini ko‘rsa, biror kimsani zarar va ziyon ko‘rishini bildiradi. Eshakdan tushganini va eshakka biror odamning minganini tush ko‘rsa, o‘z molini nafaqa qilishiga dalildir. Agar tushida biror ishni amalga oshirish uchun eshakdan tushganini ko‘rsa, qidirayotgan ishi va hojati tez kunda ravo bo‘lishini bildiradi.


Kirmoniy (r.a.) aytadiki, har kim tushida eshak sutidan ichayotganini ko‘rsa, bemor bo‘lishi va tezda shifo topishiga dalildir. Agar eshak sotib olganini va uning bahosini qancha ekanini bilmaganini tush ko‘rsa, bir ulug‘ odamga qattiq gapirishi sababli orom topishiga dalildir. Agar bir ko‘zli eshagi borligini yoki ko‘zi zaif ekanligini tush ko‘rsa, qiyinchilik bilan hayot kechirishini bildiradi. Agar eshagi borligini, biroq eshakning ikkala ko‘zi ham yo‘q ekanligini tush ko‘rsa, topgan moli yo‘q bo‘lishiga dalildir. Agar eshagining oyoq va qo‘llari ko‘p ekanini yoki uzun ekanini tush ko‘rsa, uning tobelari ko‘payishiga dalildir. Agar eshagi o‘lib qolganligini, boshqa eshakka minganini yoki eshagini sotib, boshqa olganini tush ko‘rsa, uning maishati bir holdan ikkinchi holga o‘zgarib turishini bildiradi. Tushida eshagi tuya bo‘lib qolganini ko‘rsa, uning maishati sulton orqali bo‘lishi, lekin zulm bilan bo‘lishiga dalildir.

Agar eshagi qo‘y bo‘lib qolganligini tush ko‘rsa, halol mol topishiga dalildir. Agar eshagi qandaydir qushga aylanib qolganligini tush ko‘rsa, maishati o‘sha qushga mansub bo‘lgan biror narsadan bo‘lishiga dalildir. Agar eshagini o‘g‘ri urib ketganini tush ko‘rsa, xotini buzuqchilikka yo‘l qo‘yganini va bu xotindan ajralib ketishini bildiradi. Agar eshagining kuchli va quvvatli ekanini tush ko‘rsa, dunyo kasbu kori uning uchun oson kechishini bildiradi, agar buning aksini ko‘rsa, dunyo kasbu kori unga qiyin bo‘lishiga dalildir. Agar tushida eshakka yuk ortganini va yukning ustiga o‘tirib olganini ko‘rsa, boy bo‘lishiga dalildir. Agar eshak bilan jimo’ qilayotganini ko‘rsa, murodiga yetishishiga dalildir. Tushida eshakni orqasiga ko‘tarib olib, suvdan o‘tqazib qo‘yganini ko‘rsa, kuchli va quvvatli bo‘lishi, baxtu iqbol topishiga dalildir. Agar eshakning hangrayotganini tush ko‘rsa, bu yaxshilik belgisi emas. Alloh ta’olo aytadi: (Yurganingda) o‘rtahol yurgin va ovozingni past qilgin.
Chunki, ovozlarning eng yoqimsizi eshaklar ovozidir (Luqmon surasi, 19-oyat).

Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, har kim eshakka o‘tirganini, eshak esa bong urayotganini tush ko‘rsa, ayoli badfe’l ekaniga dalildir.
Agar tushida eshagi borligini va bu eshagini boshqa eshakka alishganini va bu eshak o‘z eshagidan yomonroq ekanini ko‘rsa, ahvoli yomon bo‘lishiga dalildir, bordi-yu alishgan eshagi o‘z eshagidan yaxshiroq bo‘lsa, ahvoli yaxshi bo‘lishi va moli ko‘payishiga dalildir. Agar eshagini ot yoki tuyaga alishganini tush ko‘rsa, podshohdan molu manfaat topishini bildiradi. Agar eshagini birorta qush bilan alishganini tush ko‘rsa, o‘sha qo‘shning qadri va qiymatiga yarasha biror narsaga erishuviga dalildir.

Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushida eshakni ko‘rmoq, o‘nta narsani bildiradi: vaqtni; davlatni; rahbarlikni; rayosatni; molnii; xotin yoki kanizakni; shodlikni; iqbolni; ulug‘vorlikni; martabani.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda echki ko'rsa nima bo'ladi

ECHKI (BO‘Z) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda echki ulug‘ bir kishini bildiradi. Moda echki esa ayolni bildiradi. Agar notanish echkini o‘ldirganini ko‘rsa, ulug‘ bir kishining g‘alaba qazonishini anglatadi. Agar echkining po‘stini shilib...

Tushda qon oldirmoq, qon bermoq, qon olmoq ko'rsa nima bo'ladi

QON OLDIRMOQ (RAG KUSHODAN) ~ Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushda qon oldirganini ko‘rsa, do‘stidan bir so‘z eshitishi yoki moli taroj bo‘lishiga dalildir. Tushida tomir ochtirganini va undan qon kelganini ko‘rsa, sultondan unga zahmat yetishini...

Tushda quduq ko'rsa nima bo'ladi

QUDUQ (CHOH) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi quduq ta’birda xotinni bildiradi. Agar tushida biror yerda quduq qaziyotganini ko‘rsa, xotin olishiga dalildir. Agar birovga quduq qazishda yordam berayotgan bo‘lsa, ayol bilan erkak orasida vositachi...

Tushda quyosh ko'rsa nima bo'ladi

QUYOSh (OFTOB) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, quyosh tushda podshoh yoki ulug‘ xalifa bo‘ladi. Quyoshning osmondan olayotganini ko‘rsa, podshohlik va ulug‘lik topadi yoki podshohning do‘sti yoki yaqiniga aylanadi. Agar quyoshga aylanib qolganini...

Tushda qo'l ko'rsa nima bo'ladi

QO‘L (DAST) Doniyol (a.s.) aytadilarki, o‘ng qo‘l aka-ukani, chap qo‘l opa-singilni bildiradi. Tushida o‘ng qo‘lini uzayib qolganini ko‘rsa, aka-ukasining yoki sherigining ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Tushida ikki qo‘lining qisqarib qolganini...



Fikrlar 1

MUHAMMADXON
Agar tushida eshakni ko‘rsa va shu eshakka minolmasa nima bo‘ladi
25 декабря 2020 05:25

Fikr qo'shish

Наверх