Tushda echki ko'rsa nima bo'ladi

ECHKI (BO‘Z) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda echki ulug‘ bir kishini bildiradi. Moda echki esa ayolni bildiradi.
Agar notanish echkini o‘ldirganini ko‘rsa, ulug‘ bir kishining g‘alaba qazonishini anglatadi. Agar echkining po‘stini shilib olganini ko‘rsa, ko‘p molni qo‘lga kiritishga va g‘amlab qo‘yishiga dalildir. Agar uning go‘shtidan iste’mol qilayotganini ko‘rsa, molni qo‘lga kiritishga dalildir. Agar echkini minganini va har tomonga yurgizayotganini ko‘rsa, bir ulug‘ kishiga hiyla va nayrang ko‘rsatadi va o‘sha kishining xohlagan yo‘liga yurgizishiga dalildir. Agar echki orqasidan kelib, uni yiqitib yuborganini ko‘rsa, u kishining izzat-obro‘sining to‘kilishiga dalildir.

Echkining har bir shoxini sindirib yuborganini ko‘rsa, birovni amaldan qaytarishini bildiradi. Agar echki shoxlarining uzun va mustahkam ekanligini yoki ortiqcha bo‘lib qolganini ko‘rsa, uning amali ulug‘ va mahkam bo‘lishiga, boshqalar ustidan zafar qazonishiga dalildir. Agar echkining soqoli ko‘payib qolganini ko‘rsa, molining ziyoda bo‘lishiga dalildir.

Agar yungini olganini ko‘rsa, yungining oz-ko‘pligiga qarab, o‘z farzandidan molga ega bo‘lishini bildiradi. Agar moda echkini qo‘lga kiritsa yoki birov unga hadya qilganini ko‘rsa, xotin olishiga dalildir.


Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, echkini sog‘ib, ichayotganini ko‘rsa, birorta ayoldan mol topishiga dalildir. Agar moda echkini so‘ysa va uning go‘shtidan yesa, o‘sha xotindan hojatlari ravo bo‘lishini bildiradi. Agar moda echkini go‘sht uchun so‘ymaganini ko‘rsa, bir ayolni nikohiga olishi, biroq undan foyda ko‘rmasligini bildiradi. Agar moda echkining o‘z uyidan chiqib ketayotganini ko‘rsa, xotinini taloq qilishiga dalildir. Agar echkilar podasi uyida borligini ko‘rsa yoki o‘z mulki bo‘lmish boshqa joyga haydab borayotganini ko‘rsa, shu echkilar miqdoriga muvofiq molu ne’mat hamda davlatini qo‘lga kiritishiga dalil bo‘ladi.

Agar echki hamda qo‘ylarni podasini dalada o‘tlatib yurganini va qayerga xohlasa o‘sha yerga olib borayotganini ko‘rsa, Arab yoki Ajam viloyatlarning biriga hokim bo‘lishini bildiradi.

Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, agar moda echkining go‘shtidan iste’mol qilayotganini ko‘rsa, kasal bo‘lishi, biroq tezda shifo topishini bildiradi. Echkining terisi, yungi va suti tushda xayru barakani bildiradi.

Agar echki bolasini unga berganlarini yoki topib olganini yoki sotib olganini ko‘rsa, uyida muborak farzand tug‘ilishiga dalildir. Agar echkining bolasini so‘yganini ko‘rsa, farzandi xalok bo‘lishini bildiradi. Agar echki bolasining go‘shtidan yeganini ko‘rsa, farzandining molidan unga yetishini bildiradi.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi echki lashkarning ilg‘or qismini bildiradi. Agar bir kishi echki topib olsa va unga minsa, lashkarning avvalgi qismida bo‘lishiga dalildirAgar bu tushni ko‘ruvchi oddiy odam bo‘lsa, lashkarning ilg‘or qismi bilan uchrashuvini bildiradi va kuch-quvvat egasi bo‘ladi.

Ja’far Sodiq (r.a.) hikoya qiladilar: Men payg‘ambardan eshitdimki, ular shunday dedilar: Har kim tushida echki sotib olsa va uyiga olib kelsa, undan qirqta darvish uzoqlashadi.

Tushdagi echkifurush erkak va ayollarni jam qiladigan erkakdir.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushda moda echkini ko‘rmoq va uning go‘shtidan yemoq mol yig‘moqqa dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, moda echkini ko‘rmoq va go‘shtidan yemoq agar uning ta’mi shirin bo‘lsa, xayru manfaat bo‘lib, yaxshilikka dalildir. Agar ta’mi noxush bo‘lsa, g‘amu anduhga sababdir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda son ko'rsa nima bo'ladi

SON (ADAD) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar tushida diram, dinor yoki libos yoxud boshqa narsalardan bitta berganini ko‘rsa, yaxshilik ko‘rishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Kimki (bir) hasana (savobli ish) qilsa, unga o‘n barobar...

Tushda soch, soqol, jun ko'rsa nima bo'ladi

SOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir. Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik...

Tushda tuya, tuya bolasi ko'rsa nima bo'ladi

TUYA (UShTUR) Ibn Sirin (r.a.) aytadi: Agar kishi o‘zini shitob bilan yurib ketayotgan notanish tuya ustida ko‘rsa, safarga borishiga dalildir. Agar tuya ustida o‘tirganini va yo‘lini yo‘qotib qo‘yganini ko‘rsa, o‘zi uchun kerakli yo‘lning qayerda...

Tushda xachir ko'rsa nima bo'ladi

XACHIR (USTUR) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida xachirni ko‘rsa va u mute va tobe bo‘lmasa, badfe’l odamga dalil bo‘ladi. Agar mute (qul) va tobe bo‘lsa, yaxshilikka dalildir. Agar egarsiz xachirga minganini ko‘rsa va bu xachirning kimniki...

Tushda qoplon ko'rsa nima bo'ladi

QOPLON (YUZ) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qoplon dushmandir. Tushida qoplon bilan jang qilganini va uni yengganini ko‘rsa, dushman ustidan g‘alaba qilishiga dalildir....



Fikr qo'shish

Наверх