Tushda qoplon ko'rsa nima bo'ladi

QOPLON (YUZ) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qoplon dushmandir. Tushida qoplon bilan jang qilganini va uni yengganini ko‘rsa, dushman ustidan g‘alaba qilishiga dalildir.

Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida qoplonni tutib olganini ko‘rsa, dushman bilan suhbat qurishiga dalildir. Agar qoplon uning qo‘lidan qochganini ko‘rsa, dushman undan qochishiga dalildir. Tushida ko‘pgina qoplonlar unga itoatkor ekanini ko‘rsa, dushmanlari zabun bo‘lishlariga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida qoplon go‘shtidan yeganini ko‘rsa, uning mikdoricha dushman moliga ega bo‘lishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, tushida qoplonni o‘ldirganini ko‘rsa, bunda hech qanday manfaat yo‘q. Tushida qoplonni yelkasiga olganini ko‘rsa, dushman yukini ko‘tarishiga dalildir. Tushida qoplonlar uning uyida yoki birorta joyda qichqirayotganlarini ko‘rsa, dushmanlar sababli ranj va ziyon ko‘rishiga dalildir.


QOPLON (PALANG) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qoplon kuchli va qudratli dushmanni bildiradi. Agar qoplon bilan jang qilayotganini ko‘rsa, o‘z dushmani bilan xusumatlashadi va uning dushmani muzaffar bo‘ladi, ya’ni qoplon uning ustidan g‘alaba qilsa, demak, dushman uning ustidan g‘olib keladi. Agar u qoplon ustidan g‘olib kelsa, demak, dushman ustidan g‘alaba qiladi. Agar qoplonning go‘shtidan yeyayotganini ko‘rsa, jangu janjalga qolishini bildiradi, lekin zafar qazonib, sharaf va ulug‘lik topadi.

Kirmoniy (r.a.) aytadiki, qoplonning ustiga minganini ko‘rsa, izzat va obro‘yining oshishiga va dushmanga qahr qilishiga dalil bo‘ladi. Agar qoplon bilan jang qilayotganini, biroq hech biri g‘olib kelolmayotganini ko‘rsa, podshoxdan katta xavf yetishi yoki og‘ir kasallik yuz berishiga dalil bo‘ladi, biroq undan shifo topadi. Agar qoplonning ustidan uchayotganini ko‘rsa, dushmandan xavf yetishiga va oqibatda bu xavfdan qutulishiga dalil bo‘ladi. Agar qoplonning terisini yoki suyagini yoki yungini qo‘lga kirittan bo‘lsa yoki kimdir unga berganini ko‘rsa, dushman molini o‘sha topgan narsasi mikdoricha topishini bildiradi. Agar qoplonni o‘ldirganini ko‘rsa, islomdan yuz o‘girishini va undan hech qanday xayriyat yo‘qligini bildiradi.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushda qoplonni ko‘rmoq uch narsani bildiradi: kuchli dushmanni; dushmandan mol topishini; podshohdan yetadigan xavfni.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda qon oldirmoq, qon bermoq, qon olmoq ko'rsa nima bo'ladi

QON OLDIRMOQ (RAG KUSHODAN) ~ Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushda qon oldirganini ko‘rsa, do‘stidan bir so‘z eshitishi yoki moli taroj bo‘lishiga dalildir. Tushida tomir ochtirganini va undan qon kelganini ko‘rsa, sultondan unga zahmat yetishini...

Tushda qoraqarg'a ko'rsa nima bo'ladi

QORAQARG‘A (ZOG‘) Ibn Sirinning aytadiki, tushdagi qarg‘a fosiq, dini buzuq hamda ishlarda yolg‘on gapiruvchi kishiga dalildir. Tushida qarg‘ani tutib olganini yoki birov unga berganini ko‘rsa, yuqorida aytilgan sifatli kchshi bilan uchrashuvi va...

Tushda quduq ko'rsa nima bo'ladi

QUDUQ (CHOH) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi quduq ta’birda xotinni bildiradi. Agar tushida biror yerda quduq qaziyotganini ko‘rsa, xotin olishiga dalildir. Agar birovga quduq qazishda yordam berayotgan bo‘lsa, ayol bilan erkak orasida vositachi...

Tushda quyosh ko'rsa nima bo'ladi

QUYOSh (OFTOB) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, quyosh tushda podshoh yoki ulug‘ xalifa bo‘ladi. Quyoshning osmondan olayotganini ko‘rsa, podshohlik va ulug‘lik topadi yoki podshohning do‘sti yoki yaqiniga aylanadi. Agar quyoshga aylanib qolganini...

Tushda qo'y ko'rsa nima bo'ladi

QO‘Y (GO‘SPAND) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qo‘y harbiy o‘ljani bildiradi. Tushida qo‘ylarni o‘tlatib yurganini ko‘rsa, bir guruh ustidan ulug‘lik va rahbarlik topishiga dalildir. Qo‘ylarning ba’zisi oq, ba’zisi qora ekanini ko‘rsa,...



Fikr qo'shish

Наверх