Tushda soqovlik ko'rsa nima bo'ladi

SOQOVLIK (GUNGIY) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘zini soqov bo‘lib qolganini ko‘rsa, kambag‘al va nochor bo‘lishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida o‘zini soqov holda ko‘rsa, dinining nuqsoni va holining yomon bo‘lishiga dalildir, chunonchi, Haq subhonahu va ta’olo buyuradi: (Ular) kar, soqov va ko‘rdirlar. Bas, ular zinhor (hidoyatga) qaytmagaylar (Baqara surasi, 18-oyat).


Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda soqovlik yetti narsani bildiradi: darvishlikni; ahvoli yomon bo‘lishini; g‘amu anduhni; tirikchilik nuqsonini; musibatni; mol nuqsonini; din nuqsonini.

Soqov odam tushida tilining ochilib ketganini ko‘rsa, to‘xtab qolgan ishlari yurishib ketishini bildiradi.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda фатх сураси ko'rsa nima bo'ladi

FATH SURASI Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda Fath surasini o‘qiyotganini ko‘rsa, barcha ishda fathu nusrat topishiga dalildir....



Fikr qo'shish

Наверх