BORBAD (BARBAT) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, borbad o‘yin-kulgini va dunyoning botil havaslarini hamda yolg‘on so‘zni va mahol gaplarni bildiradi. Agar borbad chalayotganini ko‘rsa, yolg‘on va mahol so‘zlarni aytishi, biror kimsani yolg‘ondan madhu sitoyish qilishiga dalildir. Agar birovning o‘z oldida borbad chalayotganini ko‘rsa, mahol va botil so‘zlar eshitishiga dalil bo‘ladi. Agar borbad bilan birga chang, dutor hamda nay va shunga o‘xshash musiqa asboblarini chalayotganini ko‘rsa, o‘sha mavzega yetadigan g‘amu musibatga dalil bo‘ladi. Agar borbadni sindirganini yoki tashlab yuborganini ko‘rsa, yolg‘ondan va botil so‘zlarni aytishdan tavba qilishiga dalil bo‘ladi. Agar bemor bo‘lsa va borbad chalayotganini ko‘rsa, o‘limga dalildir.
O'hshash ma'lumotlar
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladiOLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...
Tushda soch, soqol, jun ko'rsa nima bo'ladiSOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir. Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik...
Tushda chang, zarra ko'rsa nima bo'ladiCHANG, ZARRA (XABO) Habo — chang va quyosh nurida ko‘rinadigan zarralardir. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi chang va zarralar yomon so‘z va foyda hamda manfaati bo‘lmagan parishon ishlarni bildiradi. Tushida o‘z mulki bo‘lgan biror narsaga...
Tushda chang chalmoq ko'rsa nima bo'ladiCHANG CHALMOQ (ChANG ZADAN) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi chang chalish yolg‘on so‘z bo‘ladi. Agar chang chalayotganini ko‘rsa, yolg‘on va botil so‘zga dalil bo‘lib, bundan unga g‘am va ziyon yetadi. Agar podshohning chang berganini ko‘rsa,...
Tushda chag'ona ko'rsa nima bo'ladiCHAG‘ONA Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi chag‘ona yaramas va yolg‘on so‘zni bildiradi. Agar chag‘ona chalayotganini ko‘rsa, yaramas va yolg‘on so‘zni aytishga yoki g‘amu anduh tortishga dalildir. Agar podshoh unga chag‘ona berganini...