OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va bashorat hamda yaxshilik topadi. Chunonchi, Xudoyi ta’olo Kalomi Majidida aytadi: Biz aytdik: Ey, olov, Ibrohim uchun salqin va omonlik bo‘l! (Anbiyo surasi, 69-oyat).
Agar olov uni kuydirmaganini ko‘rsa, xohishsiz safarga chiqadi. Olov badanini kuydirganini ko‘rsa, kuygan joyning mikdoriga qarab, unga ziyon va zarar yetadi. Agar uyiga olov tushganini va badanining hammasini kuydirganini va olov lovillab yonib turganini ko‘rsa, yuragida hech qanday qo‘rquv bo‘lmasa, unga yetadigan mehnat va musibatdan bemor va zaif bo‘lishiga dalildir, bu bemorlik shamollash, o‘lat, chechak, qizamiq va shunga o‘xshashlardir. O‘sha olovdan qo‘liga olsa, olingan olov mikdoriga muvofiq unga harom mol yetadi. Agar olov tutun bilan birga bo‘lsa, harom mol unga jang va xusumat orqali qiyinchilik bilan hosil bo‘ladi. Agar olovning tafti va issig‘i o‘ziga yetib kelayotganini ko‘rsa, uni uzokdan g‘iybat qilishlariga dalildir.
Kirmoniy (r.a.) aytadi: Agar olov shu’lasini odamlarga yetayotganini ko‘rsa, odamlar orasiga adovat va dushmanlik solishiga dalolat •qiladi. Savdogar o‘z do‘koni va matolariga olov tushganini ko‘rsa, matolarini shamolga sovurishi yoki bir dirham (pullik) mollarni uch dirhamga sotishiga, hech kimga shafqat qilmasligiga dalildir. Kimki uyiga o‘t tushganini ko‘rsa, u kishi jang, fitna va sulton jabriga yo‘liqishiga dalildir.
Agar olov libosini kuydirganini ko‘rsa, o‘z yaqinlari bilan mol tufayli jang va xusumat qilib, g‘amgin bo‘lishiga dalildir. Agar biror yerga katta olov tushganini ko‘rsa, o‘sha yerda fitna va jang bo‘lishiga dalolat qiladi. Yongan narsani ko‘rsa, xotini tufayli kim bilandir xusumatlashadi.
Agar biror shaharga, mahallaga, yoki saroyga olov tushgan bo‘lsa nimaiki bo‘lsa, barini kuydirsa, olovdan dahshatli ovoz chiqayotgan va ko‘kka o‘ralayotgan bo‘lsa, o‘sha joyda jang va qirg‘in bo‘lishi yoki og‘ir kasallik yuz berishiga dalildir. Olov ba’zi narsalarni kuydirib, ba’zilarini kuydirmasa, dahshatli ovozga ega bo‘lmasa, o‘sha diyorda urush va jang bo‘lishiga dalildir. Agar olov o‘rlamasa va nuri yo‘q bo‘lsa, og‘ir kasallikka dalildir.
Agar olovni tutunli ko‘rsa, ishlarda vahima va qo‘rqinch bo‘lishiga dalildir. Agar olovning osmondan tushib, biror shahar, biror mahalla yoki birorta saroyni yondirib yuborganini ko‘rsa, aytilgan balo va fitna o‘sha joy aholisiga tushadi. Olovning dahshatli ovozga ega bo‘lib, o‘rlab, biror yerga tushganini ko‘rsa, biroq zarar yetkazmasa, o‘sha yer odamlari orasida har xil gaplar va tilda xusumatlar yuz berishiga dalil bo‘ladi. Agar yer ostidan dahshatli olov chiqib, osmonga ko‘tarilganini ko‘rsa, o‘sha olovning miqdori va kuchiga muvofiq do‘stlar yolg‘on va bo‘hton so‘zlar orqali Xudo bilan jang qiladilar. Agar olovni bir joydan ikkinchi joyga qarayotganini ko‘rsa, biroq olov hech zarar keltirmayotgan bo‘lsa, demak manfaat topadi, kambag‘al bo‘lsa, boy bo‘ladi.
Ismoil Angas (r.a.)ning aytishicha, kimki osmondan xuddi yomg‘ir kabi olov yog‘ayotganini ko‘rsa, o‘sha joyda podshoh tomonidan balo kelib, qonlar to‘kilishiga dalildir. Osmondan olov tushib, yoyiladigan narsasini kuydirib yuborsa, uning toatlari Xudo tomonidan qabul qilingan bo‘ladi. Agar osmondan olov tushib, hech kimni kuydirmasa, bu Xaq ta’oloning qo‘rqitishi bo‘ladi. Yana bu podshoxdan yetadigan qo‘rqinch bo‘lishi ham mumkin. Agar boshini katta olov qizdirayotganini ko‘rsa, katta podshohga yaqin bo‘lishiga dalildir. Olovda biror narsa pishirayotganini ko‘rsa, diniy va dunyoviy ishlari yaxshilanishiga dalildir. Osmondan olov tushib, yerdagi o‘simliklarni yondirib yuborganini ko‘rsa, o‘sha diyorda, nauvzu billah, fojiali o‘limlar ko‘p bo‘ladi. Katta olov qubba yoki minorani yondirsa, yosha yer podshohi halok bo‘ladi. Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, yerdan olov chiqib, nur taratsa, o‘sha yerda xazina borligiga dalildir.
O'hshash ma'lumotlar
Tushda osmon ko'rsa nima bo'ladiOSMON Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, kimki o‘zini birinchi osmonda ko‘rsa, ajali yaqinlashib qolganiga dalil bo‘ladi. O‘zini ikkinchi osmonda ko‘rsa, ilmu donish hosil bo‘lishiga dalildir. Agar uchinchi osmonda ko‘rsa, bu dunyoning izzat va...
Tushda ot ko'rsa nima bo'ladiOT (ASP) Doniyol (a.s.) aytadilarki, arab otini tushida ko‘rsa, ulug‘lik, izzat va sharaf bo‘ladi. Arab otiga minib yurganini ko‘rsa, ot unga tobe va farmonbardor bo‘lsa, otning sozligi va qimmatiga qarab, izzat ulug‘lik va davlat topadi. Tushida...
Tushda podshoh ko'rsa nima bo'ladiPODSHOH. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, o‘n ikki narsa bordirki, bu o‘n ikki narsani tushida ko‘rsa, podshohlikka dalil bo‘ladi: payg‘ambar alayhissalom uni imom qilganini; ikkinchi — shar’iat ilmlarini o‘rganayotganini; uchinchi — payg‘ambar...
Tushda son ko'rsa nima bo'ladiSON (ADAD) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar tushida diram, dinor yoki libos yoxud boshqa narsalardan bitta berganini ko‘rsa, yaxshilik ko‘rishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Kimki (bir) hasana (savobli ish) qilsa, unga o‘n barobar...
Tushda quyosh ko'rsa nima bo'ladiQUYOSh (OFTOB) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, quyosh tushda podshoh yoki ulug‘ xalifa bo‘ladi. Quyoshning osmondan olayotganini ko‘rsa, podshohlik va ulug‘lik topadi yoki podshohning do‘sti yoki yaqiniga aylanadi. Agar quyoshga aylanib qolganini...