Tushda maniy, erkak urug'i ko'rsa nima bo'ladi

MANIY, ERLIK URUG‘I (MANIY) Maniy bu farzand hosil bo‘ladigan suv (urug‘)dir.Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi maniy qo‘lga kiritadigan va undan shod bo‘ladigan boylikdir. Tushida bir ko‘za maniyga ega ekanini ko‘rsa, ko‘p boylik topishiga dalildir.

Tushida erlik olatidan ko‘pgina maniy oqib chiqqanini ko‘rsa, kasbidan maniy mikdoriga muvofiq ko‘p boylik topishiga dalildir.

Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida erlik olatidan maniy oqib chiqayotganini ko‘rsa, uning mikdoriga muvofiq begona odamdan mol topishiga dalildir.

Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida undan maniy oqib tushganini ko‘rsa, mol topishiga dalildir, chunonchi, X,aq ta’olo aytadi: Darhaqiqat, Biz insonni imtihon qi-lib, (otalik va onalik suvlaridan) aralash bir nutfadan yarat-dik. Bas, uni eshituvchi va ko‘ruvchi qilib qo‘ydik (Inson surasi, 2-oyat).

Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi maniy to‘rt narsani bildiradi: farzandni; molning ko‘payishini; molning nuqsonini; ulug‘likni.
Tush ko‘ruvchi o‘zidan maniy oqqanini aytsa, ta’birchi buni boylikka yo‘yishi kerak. Agar maniy oqmagan bo‘lsa, boylikning nuqsoni bo‘ladi.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda фатх сураси ko'rsa nima bo'ladi

FATH SURASI Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda Fath surasini o‘qiyotganini ko‘rsa, barcha ishda fathu nusrat topishiga dalildir....



Fikr qo'shish

Наверх