LIBOS (JOMA) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi kiyim erkak kishining kasbu kori bo‘ladi. Agar o‘z kiyimini yaxshi holda ko‘rsa, kasbu kori yomon bo‘lishiga dalildir. Agar podshoh tushida o‘z kiyimining qora ekanini ko‘rsa, ahvolining yaxshi bo‘lishiga dalildir. Agar jamoat o‘z kiyimining qora ekanliklarini ko‘rsalar, g‘amu anduhga dalil bo‘ladi. Tushdagi sariq kiyim bemorlik belgisidir. Tushdagi qizil kiyim shodlik bo‘ladi. Tushdagi yashil kiyim, Behipggdagilarning libosi hisoblanadi. Alloh ta’olo aytadi: Ustilarida yashil ipak va shoyi liboslar bo‘lib, ular kumush bilakuzuklar bilan bezangan bo‘lurlar. . . (Inson surasi, 21-oyat). Yuvilgan oq kiyim odamlarning ishlari soz bo‘lishiga dalildir.
Yashil kiyim ziyonga dalolatdir. Kuygan kiyim podshoh tomonidan yetadigan ziyonga dalildir. Yirtilgan kiyim sirlarning ochilishiga dalildir. Jun, kigiz, polos, umuman jundan qilingan kiyimlarning barchasi molu davlat hosil bo‘lishiga dalildir. Yamoq kiyim kambag‘allik yoki bechoralikka dalildir. Kir kiyim qaysi navdan bo‘lmasin, g‘amu anduhga dalildir. Qog‘oz kiyim malomat yetishiga dalildir. Chorva hayvonlar po‘stidan qilingan kiyim, o‘ziga yetadigan xayru manfaatga dalildir. Kafan shaklidagi kiyim, dindagi mashg‘ulotlarning tugashiga, lekin umrining oxiriga yetganligiga dalildir. Agar eshak terisidan kiyim olganini ko‘rsa, izzat va e’tibor topishiga dalildir.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida ulug‘lik libosini kiyganini ko‘rsa va mana shu libosga yarasha odamlar turidan bo‘lsa, ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Vazirlik libosini kiyganini ko‘rsa, ko‘p mol topishiga dalildir, biroq xalkdan malomat topadi. Agar hojiblik29 libosini kiyganini ko‘rsa, ulug‘larning hadya va atolaridan mahrum bo‘lishiga dalildir. Agar bir yosh yigit mirshablik kiyimini kiygan bo‘lsa, kimdandir yordam olishiga dalildir. Agar jallodlik libosini kiyganini ko‘rsa, manfaat topishiga dalildir. Agar qishloq oqsoqolining libosini kiyganini ko‘rsa, omonatli, so‘z o‘tadigan bo‘lishiga hamda xalq ishlarini hal qilishga mashg‘ul bo‘lishiga dalildir. So‘fiylar libosini kiyganini ko‘rsa, dini ziyoda bo‘lishiga dalildir. Zohidlar kiyimini kiyib olganini ko‘rsa, omonatkor bo‘lishiga dalildir. Savdogarlar kiyimini kiyganini ko‘rsa, dunyoviy kasbu kori yaxshi bo‘lishiga dalildir. Solih kishilar kiyimini kiyganini ko‘rsa, diniy ishlari soz bo‘lishiga dalildir. Yomon odamlarning kiyimini kiyganini ko‘rsa, unga yaramas odamlardan qayg‘u g‘am yetishiga dalil bo‘ladi. Tabiblar libosini kiyganini ko‘rsa, ishlarining soz bo‘lishini, odamlar orasida shuhrat topishini bildiradi. Agar yahudiylarning libosida ekanini ko‘rsa, makru hiyla bilan kimnidir halok qilishini va oqibat natijada ishlari rasvo bo‘lishini bildiradi. Agar porsolar libosida ekanini ko‘rsa, bir ishni amalga oshiradiki, bu ish tufayli do‘stidan omonlik topmasligini bildiradi. Agar tarsolar libosida ekanini ko‘rsa, bid’at sohibi bo‘lib, kufr va zalolatga moyil bo‘lishini bildiradi. Agar otashparastlar libosida ekanini ko‘rsa, xohishi buzuq dinlar va nodonlar tomonida ekanini bildiradi. Agar jangchilar libosida eekanini ko‘ra, u bilan bir kishi orasida adovat yuz berishiga dalildir.
O'hshash ma'lumotlar
Tushda фатх сураси ko'rsa nima bo'ladiFATH SURASI Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda Fath surasini o‘qiyotganini ko‘rsa, barcha ishda fathu nusrat topishiga dalildir....