Hayz siklining buzilishi

Hayz siklining buzilishi

Xayz siklini buzilishi – bu xayz siklining meyordan og‘ishi bilan kechuvchi xar qanday o‘zgarishi xisoblanadi. Normal xayz siklining asosiy xarakteristikasi quyidagicha: xayzlar orasidagi davr – 21-30 kun; xayz davomiyligi 3-7 kun; xayz paytida ajraladigan qon xajmi 50-150 ml; qonli ajralmalar, och kizil rangdan qung‘ir qizil ranggacha qon quyqasisiz. Normal xayz sikli minimal, qovuq soxasidagi yengil og‘riq va diskomfort xolati bilan kechadi.
Xayz siklini buzilganligi belgilari:
• Xayz siklining nomuntazamligi (xayz «kelishidagi» kunlarning xar xilligi).
• 6 oydan ortiq xayzning bo‘lmasligi.
• Navbatdagi xayzning bir necha kundan bir necha oylargacha surilishi.
• Ko‘p xayz kurish (150 ml dan ortiq), laxta-laxta (quyqali) va og‘riqli.
• Kam xayz ko‘rish, 3 kungacha surkalib kelishi.
• Kovuq soxasidagi xayzgacha va xayz paytidagi davrda og‘riqlar.
• Kayfiyatni sezilarli o‘zgarishi (predmenstrual sindrom).
Xayz siklini buzilishi formalari:
• Amenoreya – olti oygacha xayz kelmasligi;
• Gipomenoreya – xayzning 35 kunda bir martadan kam kelishi;
• Oligomenoreya – xayzning 2 kundan kam kelishi;
• Polimenoreya – xayzning 21 kundan oldin kelishi;
• Dismenoreya – xayzdan oldin va xayz vaqtida umumiy darmonsizlik belgilari (bosh og‘rishi, ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi, kayfiyatni buzilishi) ni paydo bo‘lishi;
• Algomenoreya – bel va qorin pasti soxasida xayzdan oldin va xayz paytida kuchli og‘riqlarni paydo bo‘lishi;
• Algodismenoreya — bel va qorin pasti soxasida xayzdan oldin va xayz paytida kuchli og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, bosh og‘rishi va aylanishini kuzatilishi;
• Metroragiya – xayzlar orasida bachadondan nomuntazam qonli ajralmalarni kelishi;
• Menorragiya (gipermenoreya) – muntazam oraliqlarda (21-35 kun) uzoq (7 kundan ortiq) va ortiqcha ko‘p (80 ml dan ortiq) xayz ko‘rish.
XAYZ SIKLINI BUZILISHI SABABLARI.
1. Xomiladorlik;
2. Tuxumdon kasaliklari: disfunksiya, anovulyatsiya, polikistoz;
3. Buyrak usti bezi kasalliklari: Kushing sindromi;
4. Buqoq bezi kasalliklari: gipotireoz, gipertireoz;
5. Gipofiz kasalliklari: gipogonadizm, giperprolaktinemiya, akromegaliya;
6. Organik kasalliklar: endometrioz, bachadon miomasi, bachadon shilliq qavatini xaddan ziyod o‘sib ketishi, bachadon poliplari, bachadon raki, tuxumdonlar raki, tuxumdon kistalari;
7. Yallig‘lanishlar: salpingoofarit, endometrit, jigar sirrozi, gepatit, gepatoz, tonzillit, otit, meningit, ensefalit;
8. Kamqonlik va boshqa qon kasalliklari;
9. Semirish.
10. Yatrogen sabablar: gormonal preparatlar ichish yoki in’eksiyasini olish;
11. Davolash profilaktik muolajalar: spiral qo‘yish, abort va undan keyingi bachadonni tozalash;
12. Boshqa sabablar: ozish, stress, depressiya, nevroz, iqlim o‘zgarishlari, jismoniy zo‘riqishlar.
Xayz sikli buzilishlarini davolash.
Konservativ davolash:
• Xayzni buzilishiga sabab bo‘lgan asosiy kasallikni davolash.
• Xayz siklini gormonal preparatlar yordamida to‘g‘rilash: estrogen, progesteron.
• Umumiy quvvatga kirituvchi terapiya: vitamin komplekslari, diyeti.
• Jismoniy zo‘riqishni kamaytirish.
• Kamqonlikni davolash.
Xirurgik davolash
• Konservativ davolash yordam bermaganda, ko‘plab qon ketishlarda va 35 yoshdan ortgan ayollarda bachadon shilliq qavatini tozalash.



O'hshash ma'lumotlar

Homiladorlik paytida qon ketishi

Homiladorlik paytida qon ketish siz taxmin qilganingizdan ko’ra tez-tez uchraydi. Uchinchi ayoldan biri homiladorlikning birinchi trimestrida qandaydir qon ketishini boshdan kechiradi. Bu bir nechta jigarrang dog’lardan yorqin qizil qon...

Homiladorlikda bola tushishi xavfi. Belgilari va sabablari

Homiladorlikda bola tushish xavfi yoki yoshu-qarini tilida bir xil yangraydigan –«ugroza» 20% xomiladorlarda kuzatiladi. 1-va 2- darajali bola tushish xavfi bilan esa undanda ko‘p xomiladorlarimiz to‘qnash keladi. Xomiladorlik tushishi taxdidi nima,...

Homila muddatini aniqlashning qanday usullar bor?

Xar bir bo‘lajak ona uchun farzandining nafaqat o‘g‘il qizligi balki xomilasi muddati va uni qachon dunyoga kelishini bilish xam muxim xisoblanadi. Xomila muddatini bilish bolaning ona qornida rivojlanishini va ona organizmidagi o‘zgarishlarni...

Homiladorlar uchun gimnastika

Homiladorlik avvalari ayol kishiga dam olish zarur boʻlgan, hayot esa oson kechadigan davr kabi qabul qilingan. Bu tushuncha bola uchun ehtimolli salbiy oqibatlar va ona organizmining ortiqcha zoʻriqishi boʻyicha havotirlarga asoslangan. Biroq, endi...

Homiladorlikning ilk belgilari va alomatlari

Homiladorlikning ilk belgilari va alomatlari...



Fikr qo'shish

Наверх