Xotira maydoni

Xotira maydoni

Serzarda zamonlar oʻtdilar qator,
O'ʻtdilar yillaru oylar rang-barang.
Moziydan bugunga yetmasdi ovoz,
Boʻlmaganda, xalqim, sening xotirang.

Sen oʻzing naqsh etding hayot qissasin,
Sen oʻzing so`ng uni aylading bayon.
Olis bobolarning bosgan har izin,
Oʻzing avlodlarga etding namoyon.

Dillardan zulmatni quvay deb yongan,
Navoiy qalamin yoritgan chiroq.
Hazrat Sohibqiron tuzuklaridan,
Ko'chib, fikrlarni yoritgan chaqmoq.

Ona Toʻ`marisning shonli qismati,
Jaloliddin tigʻi taratgan jarang.
Bizning yurakkacha, balki, yetmasdi,
Boʻlmaganda, xalqim, sening xotirang.

Imom Buxoriyning shaffof imoni,
Ulugʻbek fikrida balqigan yulduz.
Mahmud Torobiyning muqaddas qoni,
Sening xotirangda saqlanar hanuz.

Shu bois nomingni yoʻq etay deya,
Yovlaring xotirang buzmoqchi bo'ldi.
Yolgʻonu tuhmatlar, uydirma ila,
Tarixing qaytadan tuzmoqchi boʻldi.

Seni johil dedi, savodsiz dedi,
Aldamoqchi boʻlib butun dunyoni.
Dunyo bilar edi — unga sen berding,
Buyuk Xorazmi-yu ulugʻ“ Sinoni.

Istiqlol bayrogʻi yuksaldi baland,
Yana nasib bo`ldi ozod istiqbol.
Uch ming yillik koʻhna tarixingni ham,
Bag'ringga qaytardi shonli istiqlol.

Istiqlol qadimiy o'zbek nomini,
Qaytadan kashf etdi ahli jahonga.
Qadrlab har mudom oʻzbek shonini,
Dunyoni qaratdi Oʻzbekistonga.

Dilda Xotirani imondek saqlang,
Dilda boʻlsin ota- onaning yodi.
Chechakday ko'ʻkarsin qalblar bogʻida,
Olis ajdodlarning soʻngan hayoti.

Unutmang, yashamay yigit yoshini,
Bo'sa mazasini bilolmay hatto.
Necha erlar yerga qoʻydi boshini,
Jonini yurtiga qilgancha fido.

Ularning yodini e'zozlab yashang,
Safda yurganlarni qadrlang mudom.
Xotira maydonin lavhalarida,
Bitilsin har bitta unitilgan nom.

Motamsaro Ona qoshiga boring,
Yashirmay ko'zlardan oqqan yoshingiz.
Shahidlar yodini eslab, bir lahza,
Oyog'i ostiga qo`ying boshingiz.

Xotira bor ekan, tirikdir millat,
Tirikdir iftixor, tirikdir gʻurur.
Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira — ertani yoritguvchi nur.

Hatto maysaning ham xotirasi bor,
Maysa xotirasi — nurga intilmoq.
Ko'karsa —ikkiga boʻlib tashlaydi,
Yo'lining ustida tursa hatto togʻ.

To quyosh osmonda porlab turarkan,
Osmonday mangusan, ey, ona xalqim!
Har bir fojiaga, har bir sharafga,
Baho bermoqqa ham yolg'iz sen haqli!

Zamonlar o'tajak quyun singari,
Necha yulduz soʻnib, tamom etajak.
Sening yoding borki, yorugʻ kunlarga,
Bizning ko'zlar ila boqar kelajak.

Ishonaman, o'sha olis ertada —
Fasli novbahorning mas'um pallasi.
Xotira bogʻiga kelib bosh egar,
Olis kelajakning erka bolasi.

Uning koʻzlarida yongan shuurda,
Navoiy hikmatin nuri ko'ringay.
Uning yuragida jo'shgan g'ururda,
Bobolar yuragin qo'ri ko'ringay!



O'hshash ma'lumotlar

Homiladorlar uchun gimnastika

Homiladorlik avvalari ayol kishiga dam olish zarur boʻlgan, hayot esa oson kechadigan davr kabi qabul qilingan. Bu tushuncha bola uchun ehtimolli salbiy oqibatlar va ona organizmining ortiqcha zoʻriqishi boʻyicha havotirlarga asoslangan. Biroq, endi...

Dunyodagi eng mashhur vunderkinlar

Geeks maxsus odamlardir. Yoshligidan ular tengdoshlari bilan solishtirganda o'zlarining o'xshashligini ko'rsatadilar. Odatda bu rivojlangan intellektual rivojlanishdir. Bola 5 yoshga to'lmaganida, u allaqachon intellektual qobiliyatlarining yarmiga...

Yangi yil uchun archa bezash odati qanday paydo bo'lgan?

Yangi yil va Rojdestvoni uyda oqlangan daraxtsiz tasavvur qilish qiyin. Yangi yil bayramida uylarga archa qo‘yish, bezash odati qachon paydo bo‘lgan va bu an’ana qanday rivojlangan? Yangi yil uchun Rojdestvo daraxti bezash an'anasi qaerdan kelganini...

Yo'qotilgan boylik - Turon yo'lbarsi

O‘tgan asrning ikkinchi yarmida yo‘lbarslarni himoya qilish ishlari boshlangan edi. Afsuski, juda kech....

Tushda chiroq ko'rsa nima bo'ladi

CHIROQ (ChIROG‘) Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushdagi chiroq uydagi xodim bo‘ladi. Ta’birchilarning aytishicha, uydagi chiroq xona sohibasi bo‘ladi. Agar uydagi chiroqni pokiza va ravshan holda ko‘rsa, xona sohibasi komila va xushfe’l ayol ekanligiga...



Fikr qo'shish

Наверх