Yangi yil archasi

Yangi yil archasi

Buncha ham chiroylisan,
Yam-yashilsan har qachon!
Yangi yilning ko'rkisan,
Sevimlisan, archajon.

Qish boboning uyida,
Aziz mehmon — ko'klamsan.
Bugun uning to'yida
Ayniqsa soz — ko'rkamsan.

Ko'ylagingga juda ko'p,
Zar tugmalar taqilgan.
Shoxlaringda qizil, ko'k.
Lampochkalar yoqilgan.

Bo'yim yetmas shoxingga,
Lekin, ey archajonim!
Tabelimda bor senga
Atab tizgan marjonim!

Senga deb tizgan marjon
A'lo baholarimdir.
Kel, taqib qo'yay, archam,
Shoxlaringni egib tur.



O'hshash ma'lumotlar

Homiladorlik paytida qon ketishi

Homiladorlik paytida qon ketish siz taxmin qilganingizdan ko’ra tez-tez uchraydi. Uchinchi ayoldan biri homiladorlikning birinchi trimestrida qandaydir qon ketishini boshdan kechiradi. Bu bir nechta jigarrang dog’lardan yorqin qizil qon...

Аyollar uchun eng kerakli 20 maslahat

Dunyoda xunuk ayolning oʼzi yoʼq, faqat goʼzal boʼlishni bilmaydiganlar bor, degan ekan bir faylasuv. Goʼzallik deganda koʼpchilik chiroyli pardoz va kiyimgʼkechakni koʼz oldiga keltiradi. Bu biroz notoʼgʼri tushuncha, chunki goʼzal boʼlish uchun...

Homiladorlar uchun gimnastika

Homiladorlik avvalari ayol kishiga dam olish zarur boʻlgan, hayot esa oson kechadigan davr kabi qabul qilingan. Bu tushuncha bola uchun ehtimolli salbiy oqibatlar va ona organizmining ortiqcha zoʻriqishi boʻyicha havotirlarga asoslangan. Biroq, endi...

Yangi yil uchun archa bezash odati qanday paydo bo'lgan?

Yangi yil va Rojdestvoni uyda oqlangan daraxtsiz tasavvur qilish qiyin. Yangi yil bayramida uylarga archa qo‘yish, bezash odati qachon paydo bo‘lgan va bu an’ana qanday rivojlangan? Yangi yil uchun Rojdestvo daraxti bezash an'anasi qaerdan kelganini...

Yo'qotilgan boylik - Turon yo'lbarsi

O‘tgan asrning ikkinchi yarmida yo‘lbarslarni himoya qilish ishlari boshlangan edi. Afsuski, juda kech....



Fikr qo'shish

Наверх