Erkakshunos olimlardan biri uzoq yillik ilmiy tajribalaridan

Erkakshunos olimlardan biri uzoq yillik ilmiy tajribalaridan so‘ng, erkaklarga quyidagicha ta’rif beradi:
— Erkaklarni Yer sharining istalgan yerida uchratish mumkin;
— Ular sut emizuvchilar oilasiga mansub bo‘lib, asosan, uylanish orqali ko‘payishadi;
— Ichmasa, odamlarga deyarli hujum qilmaydi;
— Go‘sht, tuxum, kolbasa, o‘pka, jigar, buyrak, kalla pochani sevib iste’mol qilishadi. Ba’zan xotinlari pishirgan narsalar bilan ham oziqlanadilar;

— Fe’li o‘zgaruvchan bo‘lib, necha yil umr ko‘rishi xotiniga bog‘liq;
— Eng katta xatosi, xotini borligidadir;
— Erkaklar asosan 4 turga bo‘linadi: semiz, oriq, uzun va kalta.
— Ular soatiga 20-25 km tezlikda harakatlanadilar. Ichib olganda esa soatiga 50 sm tezlik bilan yuradilar;
— 20 yoshgacha bo‘riga, 35 yoshgacha yo‘lbarsga, 40 yoshgacha sherga, 50 yoshgacha ayiqqa, undan keyin esa, musichaga o‘xshab qolishadi...
Eng asosiysi:
... Tabiatda uning yagona kushandasi - xotinidir. Xotinini ko‘rganida tashqi ko‘rinishida qizarish, qaltirash, til aylanmay qolishi, nafas siqishi va telefonidagi xabarlarni o‘chirishga urinish kabi salbiy holatlar kuzatiladi.



O'hshash ma'lumotlar

Homiladorlik paytida qon ketishi

Homiladorlik paytida qon ketish siz taxmin qilganingizdan ko’ra tez-tez uchraydi. Uchinchi ayoldan biri homiladorlikning birinchi trimestrida qandaydir qon ketishini boshdan kechiradi. Bu bir nechta jigarrang dog’lardan yorqin qizil qon...

Homiladorlar uchun gimnastika

Homiladorlik avvalari ayol kishiga dam olish zarur boʻlgan, hayot esa oson kechadigan davr kabi qabul qilingan. Bu tushuncha bola uchun ehtimolli salbiy oqibatlar va ona organizmining ortiqcha zoʻriqishi boʻyicha havotirlarga asoslangan. Biroq, endi...

Emizikli ayol ovqatlanish tartibi

Emizikli ayol qatʼiy diyetaga rioya etishi kerak degan fikr barchamizga maʼlum. Bunday tushuncha notoʻgʻri – emizikli ayol ovqatlanish ratsioni toʻliq va toʻgʻri boʻlishi zarur, chunki ayol kishi isteʼmol qilgan mahsulotlar koʻkrak bezlarida sutga...

Agar siz yerning markazidan tunnel qazsangiz nima bo'ladi?

Har kim o'ylab ko'rgan va agar men Yerning markazidan tunnel qazsam nima bo'ladi, men qayerga boraman? Psixiatriya shifoxonasida javob kulgili, ammo to'g'ri emas. Siz hozir qayerga borishingizni aniq hisoblashingiz mumkin, bu qiyin emas ... Yerdagi...

Tushda kalta nayza, nayza ko'rsa nima bo'ladi

KALTA NAYZA (HARBA) — HARBA — bu kalta nayzadir. Agar tushida kalta nayzaga ega ekanini ko‘rsa, farzand tug‘ilishiga dalildir. Agar xotini bo‘lmasa mol topadi. Agar kalta nayza bilan birgalikda boshqa qurollarga ham ega ekanini tush ko‘rsa, ulug‘lik...



Fikr qo'shish

Наверх