
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan qadim zamonda odamlar tinch totuv yashab yurgan vaqtda yurtga o‘lat tarqalibdi. Shifokorlar himoyalangan holda kasallikka qarshi kurashishni boshlashibdi. Bemorlar ko‘pligidan shifokorlarga ham kasallik yuqib, ko‘p shifokorlarni olib ketibdi. Odamlar 6 oy davomida uydan chiqmay yashashga majbur bo‘lishibdi. Kunlar o‘tgan sayin odamlar yegulik zaxirasi tugay boshlabdi. Shunda yurt podshosi hamma kasallikdan o‘zini himoya qilgan holda o‘z kunini ko‘rsin, deb uydan chiqishga ruxsat berishibdi. 6 oy davomida maktablar ham faoliyati to‘xtab qolgan edi. Katta tanaffusdan so‘ng o‘qituvchilar ham ishga sho‘ng‘ishibdi. Eng qizig‘i shifokorlarga o‘xshab o‘qituvchilar himoyalanmabdi, lekin biror bir o‘qituvchi bu kasallikka chalinmabdi.
O‘qituvchilar 1 ta sinfni 2 smenada o‘qitishsa ham, ertalabdan kechgacha tik oyoqda nonushtasiz, niqobsiz yursa ham kasallik ularni chetlab o‘tibdi. Olimlar hayron bo‘lib, sababini topa olishmabdi. Buning sababini faqatgina o‘qituvchilargina bilar ekan. Chunki ular yillar davomida paxta dalasida toblangan, stadionlarni tozalab tolmagan, yo‘llarni supurib charchamagan, mahallalar kezib odamlarning ro‘yxatini tuzib chiqqan, uyum-uyum hujjat tayyorlagan, ertayu kech daftar tekshirgan, joni temir inson ekan. Bunday fidoyi insonlarni Alloh ham o‘z panohida xar qanday balo qazolardan saqlar ekan...
© Xalq og‘zaki ijodi
O'hshash ma'lumotlar
Hazilga o'xshash 9 ta haqiqiy tarixiy fakt1. Oʻrta asrlarda er va xotin oʻrtasidagi baʼzi nizolar duel orqali hal qilingan Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer tomonidan tuzilgan Er va xotin, shaytondan biri. Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer...
Baxtli er-xotinlarning 14 ta muhim odatiLev Tolstoy barcha baxtli oilalar bir xilda baxtli ekanligini ta'kidladi. Va biz bu shunchaki go'zal ibora deb o'ylashimiz mumkin, ammo ko'plab tadqiqotlar kuchli juftliklar ko'p yillar davomida uyg'unlikda yashashga va munosabatlarni saqlab...
Dunyodagi eng mashhur vunderkinlarGeeks maxsus odamlardir. Yoshligidan ular tengdoshlari bilan solishtirganda o'zlarining o'xshashligini ko'rsatadilar. Odatda bu rivojlangan intellektual rivojlanishdir. Bola 5 yoshga to'lmaganida, u allaqachon intellektual qobiliyatlarining yarmiga...
Yo'qotilgan boylik - Turon yo'lbarsiO‘tgan asrning ikkinchi yarmida yo‘lbarslarni himoya qilish ishlari boshlangan edi. Afsuski, juda kech....
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladiOLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...