Bolaliki sog'inganlar

Bolaliki sog'inganlar

Bolalikka bilet sotinglar, 
Men dadamga salom aytaman. 
Ayam yana kulcha non yopar,
Sizlarga ham olib qaytaman. 

Bolalikka bilet sotinglar, 
Akam yasab beradi varrak. 
Tomimizda lolaqizg‘aldoq, 
Olib ber, deb bo‘laman halak. 

Bolalikka bilet sotinglar, 
Yo‘q! To‘palon qilmayman endi. 
Mushuklarning dumidan tortmay, 
Boshlarini silayman endi. 

Bolalikka bilet sotinglar,
Garchi, uzoq manzilga yetdim.
Murg‘akgina singillarimni,
Men judayam sog‘inib ketdim.

Bolalikka bilet sotinglar, 
Men qaytaman botguncha quyosh. 
Ayajonim ketib qolma, der
Ko‘zlarida o‘sha-o‘sha yosh...



O'hshash ma'lumotlar

Ota-onalarning 6 turi va ular bilan qanday qilib to'g'ri munosabatda bo'lish kerak

Agar kimdir sizning hayotingizni buzsa, siz o'tirolmaysiz. Garchi bu odamlar sizning ota-onangiz bo'lsa ham....

Homiladorlar uchun gimnastika

Homiladorlik avvalari ayol kishiga dam olish zarur boʻlgan, hayot esa oson kechadigan davr kabi qabul qilingan. Bu tushuncha bola uchun ehtimolli salbiy oqibatlar va ona organizmining ortiqcha zoʻriqishi boʻyicha havotirlarga asoslangan. Biroq, endi...

Tushda nonlar ko'rsa nima bo'ladi

NONLAR (NONHO) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushda pokiza nonlarni ko‘rsa, rohatni bildiradi. Agar non toza va pokiza bo‘lmasa, noxush hayotni bildiradi. Tushida non sotib olganini va uyiga olib kelganini ko‘rsa, xayru manfaatga va halol moldan...

Tushda salom qilish ko'rsa nima bo'ladi

SALOM QILISH (SALOM KARDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar bir do‘sti unga salom qilganini ko‘rsa, o‘sha do‘st bundan xursandchilik ko‘rishiga dalildir. Agar dushmani unga salom qilganini ko‘rsa, o‘sha dushman uning do‘stiga aylanishiga...

Tushda quyosh ko'rsa nima bo'ladi

QUYOSh (OFTOB) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, quyosh tushda podshoh yoki ulug‘ xalifa bo‘ladi. Quyoshning osmondan olayotganini ko‘rsa, podshohlik va ulug‘lik topadi yoki podshohning do‘sti yoki yaqiniga aylanadi. Agar quyoshga aylanib qolganini...



Fikr qo'shish

Наверх