Jinsiy munosabat haqida donolar maslahati

Jinsiy munosabat haqida donolar maslahati

“Jimo badanni ovqat uchun tayyorlaydi, shod qiladi, g‘azabni so‘ndiradi, yomon fikr va savdoyi vasvasani, uzoq vaqt jimo qilmay yurish sababli yuz bergan moyak shishini quvadi…”

Abu Ali ibn Sino
«Dardlarning asosiy sabablari: ko‘p yeyish, ortiqcha jimo bilan mashg‘ul bo‘lish, ko‘p gapirish va ko‘p uxlash, ya’ni kamharakatlikdir…

Luqmoni Hakim
Bilginki, shahvatni kesadigan narsalar oltitadir. Birinchi — g‘amning ko‘pligi, ikkinchi — bo‘g‘imlarning sustligi, uchinchi — qattiq charchash, to‘rtinchi — xunuk manzarani ko‘rish, beshinchi — urug‘ idishlaridan ba’zisining buzilishi, oltinchi — jinsiy olatning shamollashi.

Abu Ali ibn Sino
Belni doimo mahkam bog‘lab yurish shahvatni hayajonga keltiradi. Ikki oyoqni issiq tutish esa jinsiy aloqaga yordam qiladi, chunki u harakatni badanning tashqi tomoniga yoyadi. Otda yurish erlik quvvatini kuchaytiradi.

“Xavos-ul Ashyo”
Jinsiy aloqa asl ishtiyoq tug‘ilgan payt, qorin och ham, to‘q ham bo‘lmay, badan qizimay ham, sovumay ham turib, tan nam ham, quruq ham bo‘lmagan payt, ya’ni kechaning avvalida bo‘lib, tonggacha quvvat yana tiklanib ulgurishi lozim.

Abu Ali ibn Sino
Mijozni sust qilib, urug‘ga zarar yetkazadigan sabablar: erlik bezidagi va tuxumdagi illat, hammomda ko‘p o‘tirish va ko‘p terlash, kamuyqulik, ko‘p qusish va surgi qilish, ostda va yonboshda turib jinsiy aloqa qilish, achchiq narsalarni ko‘p yeyish, ko‘p och va tashna yurishlardan iborat…

Luqmoni Hakim
Jinsiy lazzat — har qanday boshqa lazzatlardan o‘ta ustundir. Jinsiy muomala uchun bahor va kuzning mo‘tadil havosi juda qulay bo‘lib, bu fasllarda ruh yaxshi holatda, qon esa ko‘p bo‘ladi.

“Visol lazzati”
Intim tuyg‘ular sarchashmasi bo‘lgan jinsiy xilqat — muhabbat cho‘qqisi va murod-maqsadga yetishish bo‘lib, qalb, aql-idrok hamda vujudning jamlanib lazzat topishidan iboratdir.



O'hshash ma'lumotlar

Jinsiy aloqaga kirishish qay hollarda mumkin emas?

Qorin ovqatga to‘la bo‘la turib aloqa qilmaslik kerak, chunki bu hazmga to‘sqinlik qilib, to‘liqlik ustiga harakat qilishdan kelib chiqadigan kasalliklarga tez va og‘ir ta’sir qilib uchratadi. Agar bu hol biror kishida yuz berib qolsa, ovqat me’dada...

Jinsiy aloqaga munosabatning pasayishi sabablari

Jinsiy aloqaga bo‘lgan munosabat yoki jinsiy talpinish ilmiy so‘z bilan aytganda libido deb ataladi. Libido erkak va ayollarda hayot davomida o‘zgarishlarga uchrab turadi. Qanday omillar bunga ta’sir qilishini va bu omillarni bartaraf etib, to‘liq...

Hazilga o'xshash 9 ta haqiqiy tarixiy fakt

1. Oʻrta asrlarda er va xotin oʻrtasidagi baʼzi nizolar duel orqali hal qilingan Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer tomonidan tuzilgan Er va xotin, shaytondan biri. Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer...

Homiladorlar uchun gimnastika

Homiladorlik avvalari ayol kishiga dam olish zarur boʻlgan, hayot esa oson kechadigan davr kabi qabul qilingan. Bu tushuncha bola uchun ehtimolli salbiy oqibatlar va ona organizmining ortiqcha zoʻriqishi boʻyicha havotirlarga asoslangan. Biroq, endi...

Tushda jimo, qo'shilish, qovushish, jinsiy aloqa ko'rsa nima bo'ladi

JIMO’ (jinsiy aloqa) QILMOQ Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi jimo’ (jinsiy aloqa) hojatlarni yuzaga chiqishidir, xususan o‘zidan maniy (urug‘) ajrab chiqqanini ko‘rsa....



Fikr qo'shish

Наверх