Nega aynan payshanba er-xotin uchun alohida kun hisoblanadi?

Nega aynan payshanba er-xotin uchun alohida kun hisoblanadi?

Nima uchun bizlarda aynan payshanba oqshomidagi er-xotinlik munosabatlariga ayricha qarash mavjud?

— Intim tuyg‘ular sarchashmasi bo‘lgan jinsiy xilqat — muhabbat cho‘qqisi va murod-maqsadga yetishish bo‘lib, qalb, aql-idrok hamda vujudning jamlanib lazzat topishidan iboratdir. Shuning uchun, jinsiy yaqinlik ikki maqsadni nazarda tutib amalga oshiriladi. Birinchisi, inzol ya’ni, lazzatlanish niyatida, ikkinchisi esa zurriyot qoldirish maqsadida amalga oshiriladi.

Jinsiy aloqaning haftada ikki-uch mahal bo‘lishi mumkinligi zurriyot qoldirish maqsadida bo‘lsagina tibbiy nuqtai nazardan ham juda to‘g‘ri hisoblanadi.

Chunki, tibbiyotda har uch-to‘rt kunda bir marotaba jinsiy munosabatda bo‘lish shahvatni mukammal qilib, sog‘lom zurriyot bunyod bo‘lishiga olib keluvchi omil hisoblanadi. Aynan juma kechasi (payshanbadan jumaga o‘tiluvchi kecha)da bo‘ladigan jinsiy munosabatning xosiyatliligi quyidagi sabablarga bog‘liq:
Birinchidan, ushbu muqaddas kechada aksari insonlarning ibodat bilan mashg‘ul bo‘lishlari, haromdan hazar qilishlari natijasida ruh va vujud orom topib ichkiliklardan yiroq bo‘lganlik bois jimo mukammallashadi.

Ikkinchidan, payshanbada oqsilga boy «osh» kabi quvvatli taomlar tayyorlash odati mavjudligi-yu juma musulmon ellarda dam olish kuni hisoblanganligi ham jinsiy munosabatning mukammalroq bo‘lishiga olib kelgan.
Purma’no hikmatlarning birida «Har payshanba jinsiy ehtiyojini rafiqasi bilan qondirgan erkakka zino aslo tahdid solmaydi» deya bejiz ta’kidlanmagan.



O'hshash ma'lumotlar

Ayol orgazmi haqida

Ayol orgazmi yoxud ayolning jinsiy aloqadan lazzatlanishi....

Jinsiy aloqaning qisqa bo’lish sabablari va davolash usullari

Qisqa jinsiy aloqa — 1,5-2 daqiqadan kam davom etadigan jinsiy aloqa, bu ayolga yoki ikkala sherikka ham jinsiy qoniqish keltirmaydi. Jinsiy aloqaning davomiyligi jinsiy olatni vagina ichiga qo’yilgan paytdan eyakulyatsiya boshlanishigacha bo’lgan...

Chimildiq. Birinchi jinsiy aloqa. Yosh juftliklar uchun zarur tavsiyalar

Har bir erkak va ayolning hayotida yuz beradigan birinchi jinsiy aloqa aynan chimildiq ichida bo‘lishini madaniyatimiz, urf-odatimiz taqazo etadi. Umuman olganda chimildiqqa kirish baxtiga musharraf bo‘lganlar bor, bo‘lmaganlar ham bor. Har qanday...

Ayrim yosh kelin-kuyovlarning qovusha olmaslik sabablari

Uchinchi ming yillikning dastlabki asri — axborot asri sifatida e’tirof etilayotir. Darhaqiqat, jahon afkor ommasi tobora axborotlar girdobiga tushib qolmoqda. Ko‘plab shov-shuvlar, ilmiy manbalar bilan qorishib ketib, fisqu fujur tarzidagi...

Hazilga o'xshash 9 ta haqiqiy tarixiy fakt

1. Oʻrta asrlarda er va xotin oʻrtasidagi baʼzi nizolar duel orqali hal qilingan Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer tomonidan tuzilgan Er va xotin, shaytondan biri. Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer...



Fikr qo'shish

Наверх