Ayol orgazmi haqida

Ayol orgazmi haqida

Ayol orgazmi yoxud ayolning jinsiy aloqadan lazzatlanishi.
Ayollar orgazmining fiziologik jihatlari haqida emas, balki psixologik tomoni haqida gaplashmoqchimiz.
Demak,

Ayol bilan erkak orgazmida farq bormi?

Ayol orgazmi erkak orgazmidan tubdan farq qiladi. Agar erkak uchun orgazm bo‘lishi jinsiy aloqaning tugashini ko‘rsatsa, ayollar bir aloqa davomida bir necha marta orgazm his qilish imkoniyatiga ega.

Ayol jinsiy aloqadan qachon qoniqadi?

Ayollar orgazmining fiziologik va psixologik tomonlari bor.
Fiziologik orgazmda ayol jismonan lazzatlanadi. Lekin aloqadan qoniqishi uchun bu yetarli emas. Ayollarga jinsiy aloqada psixologik lazzatlanish ham bo‘lishi kerak. Bunda ayol erkak bilan birga ekanligidan, uni sevib sevilganidan va aloqa davomidagi mehrdan qoniqadi. Agar jinsiy aloqa natijasida ayolga faqat jismoniy lazzatlanish berib, psixologik tomondan qoniqtirmasa, u holda jinsiy aloqa qoniqtirmagan bo‘lishi mumkin. Yoki aloqa davomida ayolga jismoniy orgazm keltirilmay uni faqat psixologik tomondan qondirsa, u holda ayol jinsiy aloqadan qoniqqan bo‘lishi ham mumkin. Ya’ni ba’zida ayolga ham jismoniy, ham psixologik qoniqish kerak bo‘lsa, ba’zida faqatgina jismoniy yoki faqatgina psixologik qoniqish kifoya bo‘ladi.
Shuning uchun aloqa davomida ayol uchun erkalash va erkalanish juda muhim. Chunki jismoniy orgazmga erishish uchun ko‘plab usullar mavjud, lekin psixologik lazzatlanishni faqat erkakning aloqa davomidagi ayoliga bo‘lgan munosabati bera oladi.
Erkaklarda unday emas. Ularda aloqa natijasi orgazm bo‘lsa, ham jismoniy ham psixologik qoniqish vujudga keladi.

Psixologik lazzatlanish uchun ayolga nima kerak?

Agar jinsiy aloqa suyukli erkak bilan, ayolning o‘z xohishiga ko‘ra amalga oshirilsa, aloqa davomida erkak ayoli uchun nima yoqish yoqmasligini bilgan holda harakatlansa, ayol psixologik lazzatlana oladi. Lekin psixologik lazzatlanishning o‘zi ham yetarli bo‘lmaganda ayolga albatta jismoniy lazzatlanish, ya’ni orgazm his qildirish kerak.

Ayol uchun jinsiy aloqa davomida nima muhim?

Ayol uchun jinsiy aloqa bu jismoniy ehtiyojni qondirish emas. Erkaklar jinsiy aloqaga bo‘lgan ehtiyoji kuchli bo‘lib, ular uni qondirish istagida bo‘ladilar. Ayolda esa unday emas. U aloqaga organizmda talab borligi uchun emas, balki o‘z xohishi bilan kirishadi. Shuning uchun u aloqani erkak bilan bir munosabatdek qabul qiladi. Bu munosabat davomida erkak faqat o‘z ehtirosini qondirishni ko‘zlab ayoli haqida o‘ylamasa, ayolni bunday aloqa ranjitadi. Jinsiy aloqa davomida ayol o‘zini naqadar suyukli va erkak uchun kerakli ekanligini his eta olishi lozim.

Agar ayol jinsiy aloqaga sovuqqon bo‘lsa?

Ayol sovuqqon bo‘lishiga bir nechta faktor sabab bo‘ladi, bulardan asosiysi bu:
ayolning birinchi jinsiy aloqasi bilan bog‘liq yomon xotiralari aloqa davomida ayol umuman lazzatlanmasligi Demak, ayolning sovuqqonligi erkakning qo‘lida. Agar erkak ayolni qo‘zg‘ata olmayotgan bo‘lsa, ayol sovuqqon bo‘laveradi. Erkak kerakli so‘z va harakatlar bilan ayolini qo‘zg‘ata olishni bilishi kerak. Ayolni ham ehtirosi bor, uni uyg‘ota bilish kerak xolos. Bugun jinsiy aloqaga sovuqqon bo‘lgan ayol, ertaga tanimaydigan darajada ehtirosli bo‘lib o‘zgarishi yonidagi erkakning qo‘lida.

Ayol uchun jinsiy aloqa davomida necha bor lazzatlanish kerak?

Sonining ahamiyati yo‘q. Asosiysi ayolni qo‘zg‘atgandan so‘ng, tinchita bilish ham kerak. Erkaklar qanchalik kuchli qo‘zg‘aganidan qat’iy nazar orgazmdan keyin butunlay so‘nadilar. Lekin ayolda unday emas. Ba’zida orgazm his qilgan taqdirda ham u yana aloqaga yoki erkalanishga muhtoj bo‘lishi mumkin.

Ayol jismoniy qoniqishni his qilishi kimga bog‘liq?

Ayolni o‘zidan ko‘ra ko‘proq erkakka bog‘liq desak adashmaymiz. Lekin ayolni o‘zi o‘z hissiyotlarini bilmasa, o‘z ehtiyojlarini bildira olmasa erkak, unga jismoniy lazzatlanish keltirishda qiynalishi mumkin. Shuning uchun statistikaga qaraganda, ko‘p oilalarda jinsiy aloqa davomida ayollarning 60%gina orgazm his eta oladi. Ulardan 40% esa, bir necha yil turmushdan so‘ng orgazm nima ekanligini biladilar.

Ayol orgazmi haqida alday oladimi?

Ha, ko‘pincha ayollar erkakni ranjitmaslik uchun orgazm his qilganini aldab aytishi mumkin. Lekin buning natijasida, birinchidan, erkak maqsadga erishdim deb ortiqcha harakat qilmay qo‘yadi, ikkinchidan, ayol doim aloqadan qoniqmagan bo‘lib qolaveradi. Shuning uchun ayol aloqadan qoniqlamaganligi haqida eriga ayta olish imkoniyati bo‘lishi kerak.

Ayol uchun orgazm muhimmi?

Erkakchalik emas. Erkaklar uchun jinsiy aloqa xuddi insonga ovqatlanish kabi zarur. Inson qorni ochganda ovqat yeb olishi shart bo‘lgandek, erkaklar jinsiy aloqaga bo‘lgan ehtiyojini ham qondirishi shart. Albatta hayot davomida ma’lum bir sabablar (safar, kasallik, ayriliq va hokazo)ga ko‘ra jinsiy aloqadan vaqtincha voz kechish talab etiladi, bunda erkak sabrli bo‘la oladi.
Ayollarda esa, aloqaga umumiy kuchli jismoniy ehtiyoj mavjud emas. Tabiatan ular homilador bo‘lish uchun jinsiy aloqaga kirishishligi ko‘zda tutilgan. Lekin evolyusiya natijasida ayollar ham aloqadan lazzatlana olishni boshladilar. Undan tashqari , ayol jinsiy aloqadan psixologik qoniqishni ham kutadi. Ya’ni erkak uni qanchalik kuchli xohlaganini his qilib, erkak tomonidan sevilganidan, erkalanganidan u lazzatlanadi va o‘zidan qoniqa oladi. Bunga qo‘shimcha ravishda jismoniy lazzatlanish, ya’ni orgazm ham joy olsa jinsiy aloqaning sifati ayol uchun juda yuqori bo‘ladi. Lekin ayol jinsiy aloqa davomida eri uni jismonan sog‘inmaganini yoki ehtirossiz erkalaganini sezib borsa, u holda nechta orgazm bo‘lmasin ayol aloqadan qoniqmaydi. Va aksincha, erkak ehtirosli bo‘lib kunda ayolini jinsiy aloqaga undab faqat o‘z ehtiyojini qondirishni ko‘zlab turib, tezda qoniqib aloqani yakunlasa, u holda ayol erkakning ehtirosli bo‘lganiga qaramay jismonan qoniqmay qolishi mumkin.
Shuning uchun «ayolga orgazm muhimmi?», degan savolga javob berish qiyin. Ba’zida orgazm muhim bo‘lib, ba’zida ayol aloqadan faqat psixologik lazzatlanishni kutadi. Ayol uchun yonidagi erkak ayoliga qachon nima kerakligini bila olishi eng muhim.



O'hshash ma'lumotlar

Jinsiy aloqaning qisqa bo’lish sabablari va davolash usullari

Qisqa jinsiy aloqa — 1,5-2 daqiqadan kam davom etadigan jinsiy aloqa, bu ayolga yoki ikkala sherikka ham jinsiy qoniqish keltirmaydi. Jinsiy aloqaning davomiyligi jinsiy olatni vagina ichiga qo’yilgan paytdan eyakulyatsiya boshlanishigacha bo’lgan...

Homiladorlikda jinsiy aloqa qilish mumkinmi? Mumkin va mumkin boʻlmagan holatlar

Amerikalik psixoterapevt Aleksandr Louen oʻz kitobida “Sogʻlom bolalar toʻshakda oʻzini baxtli his etadigan ota-onadan tugʻiladi” deb yozgan edi. Bu amaliyotda bir necha marta oʻz isbotini topgan. Homiladorlik vaqtida alohida koʻrsatma boʻlmasa,...

Ota-onalarning 6 turi va ular bilan qanday qilib to'g'ri munosabatda bo'lish kerak

Agar kimdir sizning hayotingizni buzsa, siz o'tirolmaysiz. Garchi bu odamlar sizning ota-onangiz bo'lsa ham....

Homiladorlik paytida qon ketishi

Homiladorlik paytida qon ketish siz taxmin qilganingizdan ko’ra tez-tez uchraydi. Uchinchi ayoldan biri homiladorlikning birinchi trimestrida qandaydir qon ketishini boshdan kechiradi. Bu bir nechta jigarrang dog’lardan yorqin qizil qon...

Homiladorlar uchun gimnastika

Homiladorlik avvalari ayol kishiga dam olish zarur boʻlgan, hayot esa oson kechadigan davr kabi qabul qilingan. Bu tushuncha bola uchun ehtimolli salbiy oqibatlar va ona organizmining ortiqcha zoʻriqishi boʻyicha havotirlarga asoslangan. Biroq, endi...



Fikr qo'shish

Наверх