Er-xotin o’rtasida jinsiy yaqinlik bo’yicha mutaxassis maslahati

Er-xotin o’rtasida jinsiy yaqinlik bo’yicha mutaxassis maslahati

Juda kam odam nikohda me’yoridagi jinsiy aloqa qanday bo‘lishi kerakligini shifokordan borib surishtiradi. Shu va shunga o‘xshagan savollarga mutaxassis oliy toifali shifokor-seksopatolog Abdumutal RAZZOQOV javob beradi.

“His-tuyg‘ularim me’yoridami?”

Ayollar o‘zlarining nozik muomala bo‘yicha xayollaridagi fantaziyalari, kechinmayu tuyg‘ulari haqiqiy ayollik sharafiga to‘g‘ri kelish-kelmasligi haqida ko‘p o‘ylashadi. Bunday ikkilanish bolalikdan bu mavzu uyat, sharmandalik deb talqin qilinganidan kelib chiqadi. Ayniqsa, bu savol jinsiy hayotidan lazzatlanmaydigan ayollarda ko‘ndalang bo‘ladi. shunda ayollar o‘zlaridan xavotirlanib qolishadi. Afsuski, bunday holat keng tarqalgan bo‘lsa-da, ayollar o‘z xohishlari haqida aytolmaydilar, muhim masalalar xususida erlaridan iltimos qilishga istihola qiladilar. Yana shunisi ham borki, ba’zi ayollar o‘zi nima xohlashini ham bilishmaydi. Shuning uchun ayol o‘z xohish-istaklari, his-tuyg‘ulari normal ekaniga ishonchi komil bo‘lishi kerak. Shuning uchun uyalmasdan turmush o‘rtog‘ingizga vaziyatni tushuntiring. Shundagina chin lazzat hissini tuyishingiz mumkin.

“Jinsiy yaqinlik uchun qaysi vaqt eng maqbul?”

Bu savolga ham oilaviy turmushda ko‘p duch kelinadi. Qadimda Hakim va tabiblarning nazdicha, jinsiy suhbat uchun sa’d (baxtli: dushanba, payshanba, juma) va nahs (baxtsiz: yakshanba, seshanba, chorshanba va shanba) kunlar ham farqlanadi. Ko‘p yillik turmush tajribasi bo‘lgan eru xotinlar haftada 1-2 kun jinsiy yaqinlik qiladilar. Yangi quriilgan oilalarda esa intim hayot chastotasi baland bo‘lsa-da, vaqt o‘tishi bilan me’yorga yaqinlashib qoladi. Hozirda zamonaviy tibbiyot ham me’yordagi jinsiy yaqinlikni haftasiga 2-3 marta deb belgilaydi. Islomiy qoidalar bo‘yicha kechasi jinsiy yaqinlik uchun yaxshi payt deyiladi. Kundalik sharoitimiz shuni taqozo qilsa hamki, tibbiy nuqtai nazardan ertalabki jinsiy yaqinlik ham samarali hisoblanadi. Chunki erkak organizmi uyqudan dam olib tiniqlashgan, testosteron miqdori ortgan bo‘ladi.

“Ayol turmush o‘rtog‘iga o‘z xohishlarini qanday izhor qiladi?”

Agar ayol eri bilan bo‘ladigan nozik muomaladan qoniqish hosil qilmasa, vaziyatni to‘g‘rilashning yagona yo‘li bu haqda erga aytishdir. Ammo qanday qilib? Buni obdon o‘ylamasdan shartta aytadigan bo‘lsangiz, holatni battar og‘irlashtirib qo‘yishingiz mumkin. Bunda eng asosiy qoida: turmush o‘rtog‘ingizni jinsiy munosabatlarda u yoki bu harakatni noto‘g‘ri qilayotganini aytib ayblamang. Eng yaxshi yo‘li: barcha istaklaringizni xushomad shaklida aytishga o‘rganing.
Har bir erkak to‘shakda ayolning xohishlariga beparvo bo‘lmaydi. Inchunun, siz unga yo‘lini qilib nima xohlashingizni aytsangiz, bas, sizga rohat bag‘ishlash uchun tog‘ni qalqon qilishga qodir bahodirga aylanadi. Erkaklar uchun ayol jismi hamisha sirli bo‘lib kelgan. Shuning uchun ham ko‘nglingiz kalitini topshirar ekansiz, u bundan faqat xursand bo‘ladi.

“Ayollarda jinsiy mayl susaysa, qanday yo‘l tutish kerak?”

Bu holat ayol yoshi ulg‘ayib, menopauzaga yaqinlashganida, organizmida gormonal o‘zgarishlar yuz berganda sodir bo‘ladi. Ammo istagan yoshda ham jinsiy mayl (libido)ning yo‘qolishi kuzatilishi mumkin. Buning bir qancha sabablari bor: 35 yoshda erta klimaks belgilari, har xil antidepressant yoki homiladorlikka qarshi tabletkalar, kamharakatlilik, uyqu yetmasligi… Agar sizda libido pasayishi kuzatilsa, birinchi galda jismoniy holatingizni tekshiring. Shifokor tavsiyasiga ko‘ra umumiy tahlil, gormonlarga qon topshiring. Ish, uy tashvishlari va boshqa yuklardan vaqtincha xalos bo‘lish uchun o‘zingizga mayda ko‘ngilxushliklar o‘ylab toping. Ozgina hordiq jismoniy holatingizni yaxshilashga olib keladi. Issiq vanna, mazali ovqatlanish, oilangiz bilan tabiat qo‘ynida dam olish sizni biroz chalg‘itishi mumkin.

Agar jinsiy yaqinlik odatiy ishga aylansa…

Bu savolni ko‘p yillar birga yashagan juftliklar berishadi. Vaziyatni to‘g‘rilash mumkin. Ammo biroz harakat qilishingizga to‘g‘ri keladi. Masalan, jinsiy yaqinlik vaqti, joyini o‘zgartirish mumkin. Unutmang, to‘shak ham yangiliklar, kashfiyotlar makoni. Munosabatlaringizga nozu karashma, ishvani qaytaring. Axir turmush o‘rtog‘ingiz oilaning faqat pul topuvchisi, boquvchisi emas. Uning tabiatan ovchi ekani yodingizda bo‘lsin.

Eslab qolinishi kerak bo‘lgan maslahatlar

Jinsiy yaqinlik juftlikning ikkisiga ham haqiqiy lazzat baxsh etishi uchun bu jarayonga tayyorgarlik ko‘rilgan bo‘lishi kerak. Bilasiz, jinsiy yaqinlik o‘z ichiga 4 faza: qo‘zg‘alish, uning kuchayishi, kulminatsiya va tinchlanishni o‘z ichiga oladi. Ana shu fazalar normal va ko‘ngildagidek kechishi uchun ayol ham, erkak ham barobar harakat qilishi kerak.

Erning hiyonati isbotlansa, qanday yashash mumkin?

Juftliklarning biri hiyonat qilsa-da, nikohni saqlab qolish mumkin. Agar bu sizning boshingizda bo‘lsa, soch tolalaringizni oqarishdan ayamaysiz. Birinchi shart–eringiz xushtori bilan barcha aloqalarni to‘xtatishi kerak. Aybdor bundan buyog‘iga turmush o‘rtog‘i bilan halol munosabatda bo‘lishi kerak. Psixologlarning maslahat berishlariga qaraganda, jabrlangan tomon 1 kunda 10 minut aybdorga jahl qilishi, yig‘lashi, ayblashi mumkin ekan. Faqat 10 minut. Bu holat 6 oydan keyin hayotning izga tushishi bilan tugaydi.
Jinsiy munosabatlar bo‘yicha jiddiy muammolarga duch kelgan bo‘lsangiz, tezda androlog-seksopatolog yoki ginekolog-seksopatolog, seksologlarga murojaat qiling.



O'hshash ma'lumotlar

Tugʻruqdan keyin jinsiy aloqa – muddati, mayl kamayishi sabablari, tibbiy koʻrsatkichlar

Oilada farzand dunyoga kelgach hayot oʻzgacha koʻrina boshlaydi – barcha oila aʼzolari xursand boʻladilar. Ammo bu koʻpgina oilalarda ayol va erkaklarda jinsiy aloqa bilan bogʻliq boʻlgan muammolar kelib chiqadi. Tugʻruqdan soʻng qancha muddat...

Ayol orgazmi haqida

Ayol orgazmi yoxud ayolning jinsiy aloqadan lazzatlanishi....

Jinsiy aloqaning qisqa bo’lish sabablari va davolash usullari

Qisqa jinsiy aloqa — 1,5-2 daqiqadan kam davom etadigan jinsiy aloqa, bu ayolga yoki ikkala sherikka ham jinsiy qoniqish keltirmaydi. Jinsiy aloqaning davomiyligi jinsiy olatni vagina ichiga qo’yilgan paytdan eyakulyatsiya boshlanishigacha bo’lgan...

Ayrim yosh kelin-kuyovlarning qovusha olmaslik sabablari

Uchinchi ming yillikning dastlabki asri — axborot asri sifatida e’tirof etilayotir. Darhaqiqat, jahon afkor ommasi tobora axborotlar girdobiga tushib qolmoqda. Ko‘plab shov-shuvlar, ilmiy manbalar bilan qorishib ketib, fisqu fujur tarzidagi...

Hazilga o'xshash 9 ta haqiqiy tarixiy fakt

1. Oʻrta asrlarda er va xotin oʻrtasidagi baʼzi nizolar duel orqali hal qilingan Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer tomonidan tuzilgan Er va xotin, shaytondan biri. Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer...



Fikr qo'shish

Наверх